O`zbekiston respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2022
ölçüsü25,06 Kb.
#74765
1   2   3   4   5   6
4. Konstitutsiyada belgilab qoyilganidekPrezident mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotningichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan Oliy Majlis palatalariga har yili maruzalar taqdim etadi Uning ma’ruzasi normativ hujjat hisoblanmaydi. Bu axborot siyosiy tusga ega bo‘lib, mamlakatni rivojlantirishning dasturiy prinsiplari va strategik vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Ma’ruzada O‘zbekiston Prezidentining mamlakat kelajagini qanday tasavvur qilayotganligi bayon etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning quyidagi chiqishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1995 yil 23 fevraldagi birinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi "O‘zbekiston ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tamoyillari", 1996 yil 29 avgustdagi milliy parlamentning oltinchi sessiyasidagi, "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim vazifalari", 1999 yil 14 aprelda o‘n to‘rtinchi sessiyadagi, "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda"; 2000 yil 22 yanvarda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi, "Oliy maqsadimiz - Vatan ozodligi va obodligi, xalq erkinligi va farovonligi" , 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida “ Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzusidagi chiqishlari davlatning tashqi va ichki siyosatning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tildi. Prezidentning bu ma’ruzalarida mamlakat taraqqiyotining strategik ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining , ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida nutq so‘zlaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijroiya hokimiyatini tuzish bilan bog‘liq vakolatlari ancha keng bayon qilingan. Bunday vakolatlarning ko‘pchiligiga quyidagi ikkita sabab bor:

Yüklə 25,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin