O\'zbekiston Respublikasi Prezidentining-hozir.org
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
KIRISH Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini o‘rganish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu dasturda uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan moliyaviy munosabatlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirgi sharoitda moliya ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Moliya jamiyat iqtisodiyotidagi samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishi bilan dolzarb ahamiyatga ega.
“Moliya” fani bakalavriatning 5230600 - “Moliya” ta`lim yo`nalishida o`qitiladigan fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu ishchi dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Moliya” fanini o`qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.