O'zbekiston Respublikasi Prezidentining


-mavzu. Moliyaviy tizim funktsiyalari va ularning evolyutsiyasi



Yüklə 74,75 Kb.
səhifə11/23
tarix20.09.2023
ölçüsü74,75 Kb.
#146296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
O\'zbekiston Respublikasi Prezidentining-hozir.org

3-mavzu. Moliyaviy tizim funktsiyalari va ularning evolyutsiyasi
Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan farqlanishining sabablari. Kontseptual tuzilma (yondoshuv).
Moliyaviy tizim funktsiyalari. Iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chegarasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash; riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) usullarini ta’minlash; savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini ta’minlash; moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalikning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markazlashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash; stimullashtirishning psixologik muammolarini hal qilish usullarini ta’minlash.
4-mavzu. Moliyaviy qarorlar
Moliyaviy qaror. Uning o‘ziga xos xususiyatlari. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar va ularning asosiy tiplari: pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar, Investitsion qarorlar, moliyalashtirish xususidagi qarorlar,riskiy boshqaruv haqidagi qarorlar. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar. Firmaning ta’rifi va unga xos bo‘lgan xususiyatlar. Korxonalar moliyasi va korporativ moliya. Jismoniy (tabiiy) va moliyaviy kapital. Strategik rejalashtirish va strategik maqsadlar. Investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsion loyiha. Asosiy va aylanma kapitalni boshqarish sifati. Firma moliyasini umumiy boshqarish. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar. Firmaning moliyaviy siyosati.

5-mavzu. Moliyaviy siyosat
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashgaqaratilganligi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari). Byudjet siyosati, soliq siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, ijtimoiy-moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi.


Yüklə 74,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin