II. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish
17.
|
Joylarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida:
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shu jumladan, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
mehnatga layoqatli va ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish;
xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish;
“Ustoz — shogird” tizimi rivojlantirish;
xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
mahallalarda bo‘sh turgan binolarni xatlovdan o‘tkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar
rejasi
|
2018-yil
mart
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
18.
|
Quydagilarga alohida e’tibor qaratgan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini bitirgan qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli monitoring olib borish:
bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish;
yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqatda mavjudligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar
rejasi
|
har chorakda
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
19.
|
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yosh qizlar — Chinoz tumanidagi maxsus maktab-internati va Qo‘qon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy, o‘quv-tarbiyaviy ishlar hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil qilish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar kiritish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
fevral-mart
|
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Xalq ta’lim vazirligi (U. Inoyatov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(A. Qodirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
20.
|
Namunaviy jamoa shartnomalarini, ularga ish beruvchilar tomonidan xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini nazarda tutuvchi alohida bandlarni kiritgan holda takomillashtirish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
mart
|
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
(K. Rafikov), Xotin-qizlar qo‘mitasi
(T. Narbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)
|
21.
|
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslalashuviga, jumladan quyidagi usullarni qo‘llab, ko‘makl�shish:
ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish;
lozim bo‘lganda kasbga qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish orqali ularning bandligini ta’minlash;
doimiy psixologik yordamni tashkil etish;
ularning voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va tizimli tadbirlarni tashkil etish;
mahallalardagi turli tadbirlarga jalb etish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
2018-yil
mart
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi
(G. Maxmudova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
22.
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumini tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar
rejasi
|
har yili
iyun
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
|
III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda
va ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish
|
23.
|
Yoshlarni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning ma’naviyatini oshirish maqsadida “Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning o‘rni” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar
rejasi
|
har yili
may
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(A. Qodirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
24.
|
Respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish.
|
Reja-grafik
|
Reja-grafik ishlab chiqish — 2018-yil
mart
amalga oshirish — reja asosida
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(A. Qodirov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)
|
25.
|
Quyidagilarni tashkil etgan holda “Yosh oilalar va qizlar” respublika konferensiyasini o‘tkazish:
“Men ham yetakchi bo‘laman” mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini;
“Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyasini;
yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar bo‘yicha “Kim nimaga qodir?” mahorat darslarini;
“Sog‘lom turmush tarzi” aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar
rejasi
|
har yili
avgust
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
26.
|
Faoliyati birinchi navbatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishga va ularni normal hayotga qaytarishga qaratilgan xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini hududlarda tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlash.
|
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvi qarori loyihasi
|
2018-yil
sentyabr
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)
|
27.
|
Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini tezkorlik bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ularni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Tezkor aloqa”ni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2018-yil
noyabr
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
28.
|
Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zi faoliyat yuritayotgan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, oilaga sadoqati va farzand tarbiyasidagi ibrati bilan xalq e’tirofiga sazovor bo‘layotgan ayollar to‘g‘risida “O‘zbekiston ayollari” (“Jenщini Uzbekistana”) kitobini chop etish, uni rus va ingliz tillariga tarjima qilish.
|
Kitob chop etish
|
2018-yil
dekabr
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zbek�ston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi
(D. Tashmuxamedova), “Ijod” fondi
(Sh. Irzoyev), “Ilhom” fondi (J. Rizayev)
|
29.
|
Qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” teleko‘rsatuvini tashkil etish.
|
Reja-grafik
|
har oyda
bir marta
|
MTRK (A. Xadjayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)
|
30.
|
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, oilalarning hayotini yorituvchi va aholi, ayniqsa, ayollar hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan qahramonlar obrazini yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli filmlar, teleserial va spektakllar yaratish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
Chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish — 2018-yil aprel
amalga oshirish-
2018-2019
yillar
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” milliy agentligi
(F. Zakirov), MTRK (A. Xadjayev), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Jalilov)
|
31.
|
Xotin-qizlar va k?m ta’minlangan oilalar bolalari uchun Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar rejasi
|
har yili
mart
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduxakimov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (A. Ramatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
|