O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Xolmirzaeva Mohinur Jo‗ramirza qizining
" Axborotlar xavfsizligining zamonaviy muammolari " mavzusidagi
5130200 – Amaliy matematika va informatika yo’nalishi bo‘yicha bakalavr
darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Namangan – 2019
MUNDARIJA
KIRISH ASOSIY QISM
BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI MUXOFAZA QILISH
Axborot xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘llari 6
Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy ta‘minoti 15
Xavfsizlikni boshqarish va ximoya tizimini qurish 24
BOB. AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH USULLARI VA VOSITALARI.
Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari 37
Ma‘lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborotni ximoyalash usullari 47
Axborot xavfsizligining zamonaviy muammolarini hal etishda dasturiy vositalardan foydalanish 56
Xulosa 63
Ilovalar 65
Foydalanilgan adabiyot va internet resurslari 71
Kirish
Ildam qadamlar bilan rivojlanayotgan kompyuter axborot texnologiyalari xayotimizda sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. "Axborot" tushunchasi sotib olish, sotish, biror narsaga almashish mumkin bo‘lgan maxsus tovarni belgilashda tez-tez ishlatila boshlandi. Bunda axborotning narxi ko‘pincha u joylashgan kompyuter tizimi narxidan yuz va ming marta yuqori buladi. Demak, axborotni ruxsatsiz foydalanishdan, atayin o‘zgartirishdan, yuk, qilishdan va boshqa jinoiy xarakatlardan ximoyalash zaruriyatining paydo bo‘lishi tabiiydir. Axborotni ximoyalash muammosi kompyuter tizimlari va tarmoklari soxasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar xamda zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanuvchilar e'tiborini jalb etmoqda. Ayni paytda kompyuter fani va amaliyotining ushbu dolzarb muammosi Davlat tilida yozilgan ilmiy-texnik va o‘quv adabiyotlarda etarlicha o‘z aksini topmagan.
Bugungi kunda aborot xavfsizligi muammosi insoniyat jamiyati oldidagi eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklar yaratish bilan bir qatorda yangi muammolarni ham ortaga qoymoqda. Axborot bazalarida saqlanadigan va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshmoqda. Keyingi vaqtlarda, ayniqsa, Internet paydo bogandan boshlab, axborot ogirlash, axborot mazmunini egasidan ruxsatsiz ozgartirib qoyish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish hollari dunyo miqyosida kopayib bormoqda. Oqibatda, tarmoqdan foydalanuvchilar o`rtasida axborot almashinuv hajmi ham beqiyos darajada o`sib boryapti. Bu esa o‘z navbatida axborot xavfsizligi muammosini yuzaga keltiradi.
Axborot hajmi kengayib va uni uzatish usullari ko‘paygan sari axborotni ximoya qilish doirasi ham shu darajada rivojlanib bormoqda.
Bunga keyingi yillarda qabul qilingan bir nechta qonun va meyoriy hujjatlar, jumladan, «Axborotlashtirish», «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanishi» to‗grisidagi qonunlar, Prezidentimizning 2007 yil 3 aprelda qabul
qilgan «O‗zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari» to‗g‘risidagi qarori misol bo‗lishi mumkin.
03070-sonli «Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli» patenti g‗oyalari O‗zbekiston Respublikasining qonun va qarorlarini amalga tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‗nggi yillarda milliy standartlarga asoslanib E-XUJJAT elektron xujjat almashish tizimi, E-XAT elektron xat almashish tizimi, himoyalangan fayl «Himfayl» tizimi va masofaviy soliq hisoboti topshirish tizimi uchun ishlab chiqilgan kriptoprovayderlar ishlab chiqildi. Hozirgi kunda ko‗pgina korxonalarda, jumladan – O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Davlat soliq qo‗mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat aloqa inspeksiyasi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, O‗zimpeksaloqa korxonasi, O‗zbektelekom AK va boshqalarda milliy tizimlardan foydalanilmoqda.
Axborot xavfsizligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari nafaqat respublikamizda, xorijda jumladan, Sankt-Peterburgda o‗tkazilgan Xalqaro ilmiy- anjumanlarda muhokamadan o‗tib ularga hamkorlarning qiziqishi, tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda «Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli» patenti g‗oyalari yanada takomillashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |