O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n
II BOB. AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH USULLARI VA VOSITALARI.
Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari.
Axborotlami kriptografik himoyalash usullari axborot xavfsizligi uchun kurashda samarali vosita bo‗lib, bugungi kunda ular axborot tizim- larida keng qo‗llanilmoqda.
Kriptografiya usullari - axborotning konfidensialligi va butunligini ta‘minlashning kuchli qurollaridan biri hisoblanadi. Kriptografiyaning asosiy elementi - bu shifrlashdir.
Zamonaviy shifrlash usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
shifrlash jarayonida yuzaga keladigan xatolar axborot buzilishi va yo4qotilishiga olib kelmasligi kerak;
shifrlash vaqti katta boimasligi kerak;
shifrlash narxi shifrlanayotgan axborot qiymati bilan mos kelishi kerak.
Ochiqvayopiqkalitlarbilanshifrlashtizitni.Kalitdanfoydalanibshifrlashalgoritminingikkixilko'rinishimavjud:simmetrikvaasimmetrik(ochiqkalitli). Ma‘lumotlami shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifmi ochish kalitidan olingan yoki aksincha bo‗lsa, bunday kriptografik algoritmlar simmetrik deb nomlanadi. Ko‘pgina simmetrik algoritmlarda yagona kalitdan foydalaniladi. Bunday algoritmlar bir kalitli yoki maxfiy kalitli algoritmlar deb ataladi hamda xabami yuboruvchi va uni qabul qiluvchi qanday kalitdan foydalanishni kelishib olishlarini talab etadi. Bir kalitli algoritmlaming ishonchliligi kalitni tanlash bilan aniqlanadi. Agar g‗araz- go‘y kimsaga kalit ma‘lum bo‘Isa, u hech qanday qiyinchiliklarsiz barcha tutib olingan ma‘lumotlami shifrdan ochish imkonigi ega b‘oladi. Demak, bunday shifrlash usulida tanlangan kalitni begonalardan sir saqlash muhim ahamiyatga ega.
Shifrlashning simmetrik algoritmlari ikki turda bo‗ladi. Ulardan biri ochiq matnga bitlar bo4yicha ishlov beradi. Ular potokli algoritmlar yoki potokli shifrlar deb nomlanadi. Ikkinchisida esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat bo4lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday algoritmlar blokli algo- ritmlar yoki blokli shifrlar deb nomlanadi. Blokli shifrlashning zamonaviy algoritmlarida, odatda, blok uzunligi 64 bitni tashkil etadi.
Simmetriyali tizimlarda kuyidagi ikkita muammo mavjud:
Axborot almashishda ishtirok etuvchilar qanday yo‗l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari;
Jo‘natilgan xabaming haqiqiyligini aniqlash.
Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o‘zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar maxfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya‘ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin. Shifrlashning simmetrik kriptotizimi sxemasi quyidagi rasmda tasvirlangan.