1.1 Kriptotizim (cryptosystem) – ochiq matnni, har biri m mos algoritm va kalit orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
1.1 Kriptotizim (cryptosystem) – ochiq matnni, har biri m mos algoritm va kalit orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
Kalit (key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) – o‘zgartirishlar oilasidan birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati.
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‘zgartiradi.
Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptotizimlar asosida ) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.