5-Ma’ruza Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 295,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.09.2023
ölçüsü295,98 Kb.
#146014
  1   2   3   4   5
5-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari



5-Ma’ruza 
Mavzu:
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari 
Reja: 
1.
Asosiy terminlar 
2.
Kriptografiya bo‘limlari 
3.
Kriptotizim, Kerkxofs prinsipi
4.
Kriptografiya tarixi 
5.
Kriptografik akslantirishlar 
6.
Bir martali bloknot 
Tayanch iboralar: kriptografiya, kriptotizim, kalit, kerkxofs prinsipi, simmetrik, 
assimetrik, raqamli imzo, kodlash, shifrlash, deshifrlash, matn 
Muhim axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish 
masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin: 
-
adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini 
yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish murakkab;
-
uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini 
berkitish evaziga;
-
axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi 
tiklay olishi mumkinligi evaziga. 
Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi. 
Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli: 
-
axborotning konfidensialligini ta’minlash;
-
axborotning yaxlitligini ta’minlash;
-
autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;
-
harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash. 
Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (assimmetrik) 
kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh 
funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya 
qismtizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga 
oshirilishi mumkin. Harakatni rad qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar 
jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan, 
himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya 
vositalari yordamida ta’minlanadi. 


Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik 
primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi: 
-
simmetrik kriptotizimlar;
-
ochiq kalitli kriptotizimlar;
-
kriptografik xesh funksiyalar;
-
raqamli imzolar;
-
raqamli sertifikatlar. 
Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik kiritiladi. 
Alfavi
t deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli 
to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan 
(0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi. Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) 
iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini, 
yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita 
belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish 
mumkin. 
Matn yoki xabar
- alfavit elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn 
(plaintext) - shifrlashga atalgan dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text) - ochiq 
matnni shifrlash natijasi. 

Yüklə 295,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin