5-Ma’ruza Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 295,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü295,98 Kb.
#146014
1   2   3   4   5
5-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari

Shifrlash
jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi. Biroq, uni 
faqat ma’lum shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lgan shaxslar) qayta 
o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini 
ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega 
bo‘lmagan shaxslar) uchun cheklangan bo‘ladi. 
Kriptografiya
va 
steganografiya
fan sohalari o‘xshashlikga ega bo‘lganligi 
sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
Steganografiya - bu maxfiy xabarni sohta xabar ichiga berkitish orqali aloqani 
yashirish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, steganografiyaning asosiy g‘oyasi - 
maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish. 
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi 
mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin 
shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga 


kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni 
shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar 
asosida - farqi yo‘q) - ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish. 
Kriptografiyaning 
tarixi.
Ma’lumotlarni 
shifrlashning 
dastlabki 
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga qadar 
foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida 
taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir necha davrlarga ajratib, turli 
yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash 
qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar - klassik shifrlar davriga 
tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. 
Biroq, hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq bo‘lgani 
bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun, 
kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin: 
1.
Qadimiy davr
(qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar 
asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga 
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 
2.
O ‘rta davr
(o ‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko‘p 
alfavitli o‘rnigaqo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash 
usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlarning
birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori bo‘lgan. 
3.
1 va 2 - jaxon urushlari davri
(1 va 2- jahon urushlari davridagi klassik 
shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan 
bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi) amalga 
oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann 
telegrammi, Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol sifatida keltirish 
mumkin. 
4.
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar).
Ushbu davr shifrlari hisoblash 
qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega. 
Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ P 28147-89, IDEA, 
A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli)larni 
keltirish mumkin. 

Yüklə 295,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin