O’zbekiston respublikasi pul tizimi va elementlari
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari –pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining nomlari keltirilgan). Pul tizimining turlari Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: – metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi; – qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.