O’zbekiston respublikasi pul tizimi va elementlari reja


O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə9/9
tarix24.05.2023
ölçüsü189,5 Kb.
#121447
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi pul tizimi va elementlari

O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit
siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga
oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda
pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining
turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini
amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit
pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar,
milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisob
kitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish
tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.

Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni
bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy
banklarining pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklagan edi.
Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan
pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo’lsa,
1992 yil iyunga kelib emissiyaning77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga
yo’naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan,
Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi
respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul
resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon
bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha
mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo’l turardi.
Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini
olib borish;
O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o’z pul tizimiga ega bo’lish va
qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan
sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan,
O’zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi. Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin emas.
Glosary
1. Pul tizimi - deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi.
2. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. 3. Pul tizimining tarixiy turlari – metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar tizimi.
4. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992 yilni 15-noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1- iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi.
5. Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi; valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
6. O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga
oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda pul
massasi ustidan nazoratni ta’minlash.
7. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqa
ruvini amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar,
milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisobkitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
8. Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublika-mizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003- yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi.
9. Pul nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalar.
10. Pul haqidagi asosiy nazariyalar – metallic, nominallik, miqdoriylik, monetarizm va boshqalar.
11. Metallik nazariyasi – XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Angliyada paydo bo’lgan. Uning asosiy g’oyasi faqat qimmatbaho metallar pul vazifasini bajarishi, jamiyatning boyligi qimmatli metallar zaxirasi bilan bog’ligi hamda boylikning manbai savdo ekanligida.
12. Nominallik nazariyasi – XVII-XVIII asrlarda Angliyada paydo bo’lgan va uning asosiy g’oyasi pulni davlat chiqaradi va uni qiymati unda ko’rsatilgan nominal bilan belgilanadi.
13. Miqdoriylik nazariyasi – XVI-XVIII asrlarda Fransiyada paydo bo’lib uning g’oyasi pulni xarid qobiliyati bozorda o’rnatiladi, muomalada barcha emissiya qilingan pullar yuradi, baholar darajasi pul miqdoriga to’g’ri proporsional.
14. Monetarizm nazariyasi – hozirgi zamon pul nazariyalaridan biri bo’lib 1950 yilda AQSh da paydo bo’lgan va u miqdoriylik nazariyasining bir ko’rinishi bo’lib, ushbu nazariyadagi g’oyalarga pul miqdoriga bank foizi va inflyatsiyani ta’sir etishi qo’shimcha ta’kidlangan.
15. Pul to’g’risida oqimlar – oltin tanga standarti, quyma oltin standarti,oltin deviz standarti.
Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin