13.2. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining omilli tahlili
Chorvachilikda yetishtirigan mahsulotlar miqdori o’zgarishini tahlil etish usuli o’simlikchiliknikiga o’xshaydi,faqat ko’rsatkichlarni ifodalanishi farq qiladi. Bu yerda quyidagi formuladan foydalanib, tahlilni amalga oshirish zarur:
∑S1R1-∑ SORO
Bunda, S1,SO – mos holda hisobot va bazis yillaridagi chorva mollari o’rtacha soni.,
R1,RO - hisobot va bazis yillaridagi mahsuldorligi darajasi.
Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usulidan foydalanib aniqlash usulini keltirdik:
Mahsulot miqdori o’zgarishiga mollar o’rtacha soni o’zgarishining tasiri:
∑S1R0-∑ SORO
Mahsulot miqdori o’zgarishiga mahsuldorlik o’zgarishining tasiri:
∑S1R1-∑ S1RO
13.3.Mahsulot sotish dinamikasini tahlil omilli tahlili
Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q) bilan tovarlilik darajasi (T) o’zgarishi ta’sir qilganda, ularning ta’sirini solishtirish, farqlash, qayta hisoblash, zanjirli bog’lanish usularidan foydalanib aniqlash mumkin. Biz “Zanjirli bog’lanish” usuli orqali amalga oshirish tartibiga to’xtaldik. Sotilgan mahsulot miqdorining umumiy o’zgarishi: Q1 T1 – Q0 T0 = ∆qt
Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarishining ta’siri: Q1 T0 - Q0 T0 = ∆q
Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishiga tovarlik darajasi o’zgarishning ta’siri: Q1 T1 – Q1 T0= ∆t
Agar sotilgan mahsulot miqdoriga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, yil boshi va yil oxiriga qolgan mahsulotlar miqdori hamda har xil chiqimlar miqdori ta’sir qilgan taqdirda balansli bog’lanish usulidan foydalanib tahlil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |