O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə52/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Tushunchalar va tayanch iboralar.. Mehnat resurslari. Mehnat resurslari bilan ta’minlanish. Mehnat ununmdorligi. Mehnat haqi.Xodimlar soni. O’rtacha ish haqi.Mutlaq o’zgarish.Nisbiy o’zgarish.. Mehnat unumdorligining bevosita ko’rsatgichi. Mehnat unumdorligining bilvosita ko’rsatgichi.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni ohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:
1.Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili
2. Mehnat unumdorligi ko,rsatkichlarini hisoblash va ularning tahlili
3. Mehnat haqining tahlili

14.1.Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili




Hisobot yilidagi mavjud xaqiqiy ishlovchilar sonini me’yor bo’yicha belgilangan soniga, hisobot yilidagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblangan soniga taqqoslab,ta’minlanish darajasi va uning o’zgarishi aniqlanadi.O’zgarishi mutlaq va nisbiy ko’rsatgichlarda ifodalanadi.
Hisobot yilidagi ishlovchilarning xaqiqiy sonini rejadagi (me’yordagi) soniga solishtirish orqali mutlaq ta’minlash darajasi aniqlanadi.
Hisobot yilidagi ishlovchilarning haqiqiy sonini ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblab olingan rejadagi soniga solishtirish orqali nisbiy ta’minlanishi darajasi aniqlanadi.
Mehnat resurslaridan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, ish vaqti fondi hisoblanadi. Ish vaqti fondi deganda, jami ishchilar tamonidan yil davomida ishlagan kishi-soatlarining yig’indisini tushuniladi.Ish vaqti fondidan foydalanish darajasi o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi:
1.ishlovchi xodimlarining o’rtacha yillik sonining o’zgarishi (T) ;
2.bir ishlovchining o’rtacha ishlagan kunlar sonining o’zgarishi (K) ;
3.ish kuni davomiyligining o’zgarishi (D);
Birinchi navbatda hisobot yilidagi ish vaqti fondini rejadagi yoki bazis yilidagi ish vaqti fondiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi; zarur:
T1 K1 D1 – T0 K0 D0 = ± ∆TKD
Shundan keyin ish vaqti fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlanadi
I. T0 K0 D0 - bazis davridagi (yoki rejadagi) ish vaqti fondi.
II. T1 K0 D0 - 1- shartli ish vaqti fondi.
III. T1 K1 D0 - 2- shartli ish vaqti fondi.
IV.T1 K1 D1 - hisobot davridagi ish vaqti fondi.
Yonma-yon to’rgan ko’rsatgichlardan foydalanib, omillar ta’siri zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlanadi va har birining ta’siriga baho berib, xulosa qilinadi.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin