Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1.Abdullayev Yo.,Iqtisodiy tahlil. 100 savol va javob. O’quv qo’llanma T.:.2001
2..Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
3. Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil
15-mavzu. Moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, xo’jalikning moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlarini hisoblash hamda tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.. Moddiy resurslar. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi. Moddiy resurslar qaytimi. Moddiy resurslar sig’imi. Moddiy resurslar rentabelligi.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar: 1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili
2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash usullari
3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorliginining tahlili
15.1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili
Moddiy resurslar deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan turli hil xom ashe va materiallar qiymatlarining yig’indisi tushuniladi..
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday aniqlanadi? Mavjud bo’lgan moddiy resurslarning haqiqiy miqdorini (hajmin)me’yor bo’yicha talab qilinadigan miqdoriga (hajmiga) bo’lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, ularning har bir turi bo’yicha ham aniqlanadi.
Hisobot yilidagi ta’minlanish darajasini me’yordagi darajasiga yoki bazis yilidagi darajasiga solishtirib, o’zgarish aniqlanadi. So’ngra ushbu o’zgarishga omillar tasiri hisoblanib, baho beriladi.