Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‟ladi:
1) Hisob stavkasini tartibga solish;
2) Moliya-kredit muassasalarining markaziy bankdagi zahiralari minimal
hajmini o‟rnatish va o‟zgartirish;
3) Davlat muassasalrining qimmatli qog‟ozlar bazoridagi operatsiyalari
(davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‟lash)
4) Davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‟larining qarzga
beriladigan va zahirada turadigan qismlari o‟zgartiradi;
5) Markaziy boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‟sishiga ta„sir qilishini ta„minlaydi;
6) Davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‟z
obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‟ozlarini sotib oladi. Natijada taklif
etilgan pul miqdori o‟zgarib, bu foizga ta„sir qiladi.
Davlatning pulga bo‟lgan talab va taklifini o‟zgartirish borasidagi siyosati
monetar siyosat deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |