O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Ishlab chiqarish chiqimlari va tannarx turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

6.2. Ishlab chiqarish chiqimlari va tannarx turlari 
 
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga mehnat va materiallar sarfini kamaytirish ijtimoiy 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy shart-sharoitlaridan biridir. Halq va 
jamiyat manfaatlari yo’lida eng kam xarajatlar bilan eng ko’p natijalarga erishish bozor 
iqtisodining qonunlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. 
Mahsulot tannarxi mazkur mahsulot qismi qiymatining pulli ifodasi bo’lib, ishlab 
chiqarish vositalari sarflarini va mehnat haqini o’z ichiga oladi. Tannarx ishlab chiqarishning 
sarflangan vositalarida mujassamlangan avvalgi mehnat sarflaridan va jonli mehnatning o’zi 
uchun mahsulot yaratadigan qismidan hosil bo’ladi. Tannarx mahsulotning jamiyat uchun 
mehnat bilan yaratilgan qiymatidan kamdir. 
Tannarx eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichdir. U konkret korxona uchun mehnatning pul 
shaklidagi barcha sarflarini hamda mahsulot yoki ish birligiga kiritilgan ishlab chiqarish 
vositalarini namoyen qiladi, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish qanchaga 
tushushini ko’rsatadi. 
Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish chiqimlarining ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Korxonaning vaqt (smena, oy, yil) muayyan 
davri ichida butun ishlarning butun hajmini bajarishga qilingan sarflarni xarakaterlash uchun 
"ishlab chiqarish chiqimlari" termini qo’llaniladi. 


131 
Mahsulot yoki ishning tannarxi darajasi yetarli darajada ob’ektiv va aniq bilib olinishi 
mumkin. U jami mehnat sarflari va ishlab chiqarish samaradorligining o’lchagichi rolida 
namoyon bo’ladi. Bu sintetik ko’rsatkichda korxonaning butun xo’jalik faoliyati aks etadi: 
mahsulot tannarxi qancha past bo’lsa, xo’jalik faoliyati darajasi shuncha yuqori bo’ladi. 
Mahsulot tannarxini pasaytirish muammosi qisqa muddatli xodisa bo’lmay, balki katta 
halq xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan doimiy vazifadir. Mahsulot tannarxini pasaytirish 
jamg’arish va tovarlar narxini tushurishining bosh manbai, shu bilan esa mehnatkashlar moddiy 
turmushining sharoiti hamdir. 
Tahlil maqsadlari va vazifalariga bog’liq hamda tannarxning bir necha turi farqlanadi. 
Sarflar xarakteriga ko’ra ishlab chiqarish tannarxi va to’la tannarx ajratiladi. Ishlab 
chiqarish tannarxiga mahsulot ishlab chiqarish va uni saqlash joyiga tashib keltirish bilan 
bog’liq barcha sarflar kiritiladi. Xo’jalikda iste’mol qilinadigan dehqonchilik mahsuloti 
(masalan, oziqalar) ishlab chiqarish tannarxigagina egadir. Xo’jaliklararo davlat tizimlarida 
ishlab chiqarish tannarxi tizim tannarxi deb ataladi. 
To’la tannarxga ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish 
bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar (tashish, saqlash xarajatlari, yo’qotishlar va xokazo) kiradi. 
Sug’orma dehqonchilikning davlatga sotiladigan butun tovar mahsuloti to’la tannnarxga egadir. 
Sug’oruv suvining to’la tannarxi xo’jaliklararo (tizimlararo) va xo’jalik ichidagi sarflar 
summasi bo’yicha aniqlanadi. U tizim tannarxidan bir necha barovar ko’pdir. 
Ishlab chiqarish miqiyosiga ko’ra individual tannarx va tarmoq (yeki ijtimoiy) tannarx 
farqlanadi. Individual tannarx-mahsulot ishlab chiqarishga korxona qilgan sarflardir. Tarmoq 
tannarxi tarmoq korxonalari bo’yicha mahsulot birligi ishlab chiqarishga qilingan sarflar 
o’rtacha darajasini ifodalaydi. 
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga ko’ra tannarx rejali va haqiqatdagi (xisobot) tannarxga 
bo’linadi. Yangi ob’ektlar loyihalanayotganda rejali tannarxning bir turi bo’lgan loyiha 
tannarxi belgilanadi. Rejali tannarx me’yorlar bo’yicha, hisobot tannarxi esa korxonaning 
haqiqatdagi sarflari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Rejali va haqiqatdagi tannarxlar individual va 
tarmoq, ishlab chiqarish va to’la tannarx ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Tannarxning sanab o’tilgan har bir turi iqtisodiy ko’rsatkich sifatida mustaqil 
ahamiyatga ega bo’lib sarflar hajmini chuqurroq tahlil qilish va ularni kamaytirish yo’llarini 
aniqlash imkonini beradi. 


132 
Buyumning iqtisodiy mazmuniga ko’ra barcha sarflar muayyan guruhlar va turlarga 
bo’linadi. Rejalashtirish va hisobga olishda sarflar moddalar va tannarxni hisoblash moddalari 
bo’yicha guruhlanadi. 
Sarflarni moddalar bo’yicha guruhlash asosida xarajatlar iqtisodiy mazmunining belgisi 
tashkil etadi. Moddama-modda sarflar ularni qayerda qilinganligi va mahsulotning qaysi turiga 
taalluqligi bo’lishidan qat’iy nazar barcha sarflarni birlashtiradi. Moddalar bo’yicha 
guruhlashda suv xo’jaligi korxonalarning sarflari 4 guruhga bo’linadi: ish haqi, materiallar
xom ashyo, yonilg’i, elektr energiyasi, amortizatsiya, boshqa pul sarflari. Bunday guruhlash 
butun korxona bo’yicha sarflarning mazkur turi umumiy hajmini aniqlash uchun zarurdir. 
Mahsulot yoki ishlar ayrim turlari tannarxini aniqlash uchun sarflar ucheti ayrim 
kalkulyatsiya moddalari bo’yicha o’tkaziladi. Kalkulyatsiya moddalarining nomenklaturasi har 
bir tarmoq uchun uchet, rejalashtirish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash bo’yicha 
tarmoq qoidalarida ko’zda tutiladi. Moddama-modda uchet sarflarini ularning ishlab chiqarish 
jarayoniga munosabati bo’yicha mahsulot birligiga kiritish usuli bo’yicha va ishlab chiqarish 
hajmi bilan aloqa bo’yicha guruhlash maqsadini ko’zlaydi. 
Mahsulot yoki ish birligi tannarxini hisoblash tannarx kalkulyatsiyasi deb ataladi. 
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashda avval barcha moddalar bo’yicha sarflar umumiy 
hajmini aniqlab olish, keyin bu sarflarni mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda 
mahsulot har bir turi tannarxini aniqlash zarur. 
Suv melioratsiya xo’jaligida berilgan suvning 1 m
3
i, sug’oriladigan maydonning 1 
gektari, yer ishlari va boshqa mexanizatsiyalangan ishlarning 1000 m

i, sug’orma 
dehqonchilikda esa qishloq xo’jalik mahsulotining 1 sentneri kalkulyatsiyalanadi. 
Ishlab chiqarish sarflari tarkibiga ko’ra ikki turli bo’ladi: bir moddadan tarkib topgan 
oddiy sarflar, bir necha moddani o’z ichiga oladigan, lekin bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga 
ega bo’lgan kompleks sarflar.
Kalkulyatsiyalashda sarflarni mahsulot tannarxiga kiritish usuliga ko’ra ular to’ppa-
to’g’ri bevosita va bilvosita (ustama) sarflarga bo’linadi. To’ppa-to’g’ri sarflar texnologik 
jarayon bilan bevosita bog’liq bo’lib, mahsulot tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Ularga 
ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi xom ashyo va materiallar qiymati, amortizatsiya va 
hokazolar sarf kiritiladi. 
Bilvosita (ustama) xarajatlar asosan ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shartlangan 
bo’lib, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish bilan bog’liqdir. 


133 
Bilvosita (ustama) xarajatlar mahsulot tannarxiga proportsional yo’li bilan kiritiladi. 
Ular tarkibiga ma’muriy boshqaruv va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi, devonxona va 
pochta telegraf xarajatlari hamda ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va boshqaruv bo’yicha 
boshqa sarflar kiradi. 
Ishlab chiqarish hajmi bilan aloqasiga ko’ra sarflarni shartli o’zgaruvchan va shartli 
barqaror turlarga bo’lib qabul qilingan. Bunday bo’lish sarflar ayrim moddalarining ishlab 
chiqarish hajmiga turlicha bog’liqligi bilan shartlangandir. Shartli o’zgaruvchan xarajatlar 
ishlab chiqarish hajmiga proportsionaldir: mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilsa, moddiy 
mablag’lar va ishlab chiqarish hodimlariga ish haqini shuncha ko’p sarflash kerak bo’ladi. 
Shartli barqaror sarflar ishlab chiqarish hajmi o’sgani sari qariyb o’zgarmaydi. Doimiy 
xarajatlarga amortizatsiya ajratmalarini, ma’muriy boshqaruv xarajatlarini kiritish mumkin. 
Doimiy xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilgan 
bo’lsa, shuncha kam bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin