O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

KIRISh 
 
Qishloq va suv xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish va ularning iqtisodiyotini 
talab va taklif qonunlarining amal qilishi asosida rivojlantirish, ko’p jihatdan kadrlar 
tayyorlashning muvaffaqiyatli hal etilishiga bog’liq. Bu muammolarni hal etishda suv xo’jaligi 
iqtisodiyoti fanini talabalar tamonidan chuqur o’rganishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur 
fanni o’qitish jarayonida talabalarga qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish, ularni bosqichma–
bosqich bozor munosabatlariga o’tkazish, ishlab chiqarish faoliyatining biznes rejasini tuzish, 
loyiha smeta xujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o’tkazish, ularning iqtisodiy 
samaradorligini ko’rsatuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash va boshqa dolzarb 
muammolarni o’rgatadi. 
Suv xo’jaligi iqtisodiyoti fani bo’lajak mutaxassislarning professional faoliyatida zarur 
bo’ladigan tegishli bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. 
Mazkur fan talabalarga belgilangan bilimlarni beradi, ularning ijodiy faolliyati va 
qobiliyatlarini rivojlantiradi, iqtisodiy qonunlarni, printsiplarni, texnika va texnologiyalarni 
mukammal o’rganib olish uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi.
Mazkur fanni o’rganish uchun «iqtisodiy nazariya asoslari», qishloq xo’jaligi 
melioratsiyasi, sug’orish tizimlaridan foydalanish, Yer va Suv resurslaridan kompleks 
foydalanish, qishloq xo’jalik iqtisodi, statistika, tarmoqni boshqarish, buxgalteriya hisobi va 
moliyalashtirish fanlarini ham o’rganish zarur. 
O’quv jarayonini tashkil qilishda kompyuter yordamida tarmoqda mahsulot ishlab 
chiqarish va uning samaradorligini aniqlash bo’yicha hisob kitoblar bajariladi. Bundan tashqari 
o’quv jarayonida mavzular bo’yicha maxsus jadvallar va plakatlardan, o’quv videofilm va 
kinofilmlardan foydalaniladi. 
Mazkur darslikda suv xo’jaligi iqtisodiyoti fanining ahamiyati, maqsadi, vazifalari, yer 
va suv resurslarning joylashishi, ulardan foydalanishining hozirgi kundagi ahvoli, ulardan 
foydalanishni yaxshilash yo’llari yoritilgan. 
Suv xo’jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti bo’lib, ushbu tarmoqni rivojlantirish 
bo’yicha olib boriladigan maqsadga muvofiq tadbirlar va uning rivojlanishida ishtirok etadigan 
iqtisodiy qonuniyatlar hisoblanadi, fanning mazmuni esa uning oldiga qo’yilgan, yechilishi 
lozim bo’lgan aniq vazifalardan iboratdir. 



Suv xo’jaligida loyhalashtirish ishlari muhim masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib 
tarmoqda quriladigan ob’ektlarni loyhalashtirishning iqtisodiy asoslari bayon qilingan. 
Bundan tashqari suv xo’jalik tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari, tarmoq 
uchun kadrlar tayyorlash muammolari, mehnat resurslari, ulardan foydalanishning hozirgi 
kundagi holati, mehnatga haq to’lash va moddiy rag’batlantirishni yaxshi yo’lga qo’yish, 
tarmoqning asosiy va aylanma fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mahsulot 
ishlab chiqarish xarajatlarini, uning tannarxini pasaytirish tarmoqda olinadigan foydani va 
xo’jaliklarning rentabellik darajasini oshirish, xo’jaliklarni bosqichma-bosqich bozor 
munosabatlariga o’tkazish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish masalalari, kapital 
qo’yilmalarning samaradorligini aniqlash uslublari va uni oshirish yo’llari o’z aksini topgan. 
Ushbu darslikni tayyorlashga faol yordam ko’rsatgan i.f.n. B.Sultonovga, katta 
o’qituvchi B.Azizqulovga, assistent U.Hoshimovga va «SXBI» kafedrasining boshqa 
xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin