5
I Bob. Yer fondlari va ulardan foydalanishni yaxshilash
YeR fondlari – ishlab chiqarish vositasi sifatida
Halq xo’jaligining, ayniqsa qishloq xo’jaligining rivojlanishi tabii resurslar va avvalo
yerdan oqilona foydalanish bilan bevosita bog’liqdir. Yer ishlab chiqarishning tabiiy negizi
kishilik jamiyati hayotining zarur sharti xizmatini o’taydi.
Har qanday ishlab chiqarish negizi bo’lgan yerlarning ishlab turish xarakteri halq
xo’jaligining turli tarmoqlarida o’z xususiyatiga egadir.
«Yer sanoatda (undirma sanoatdan mustasno) faqat karxonalarni joylashtirish joyi
xizmatini o’tasa qishloq xo’jaligida u ishlab chiqarishning asosiy vositasidir». I.A.Karimov.
Qishloq xo’jalik jarayoni yer bilan, uning holati, undan foydalanish xarakteri bilan
bevosita bog’liqdir. Kishilar tuproqqa ishlov berib, yerning sirtqi qatlamiga ta’sir ko’rsatar
ekanlar, madaniy o’simliklarni o’stirish va rivojlantirish uchun sharoit yaratadilar. Shu
ma’noda yer mehnat predmetidir. Kishi yer yordamida o’simlikka ta’sir ko’rsatganda yer ayni
vaqtida, mehnatning aktiv vositasiga aylanadi. Shunday qiliib yer ishlab chiqarishning aktiv
omili sifatida harakat qilib, qishloq xo’jaligida mehnat predmeti va mehnat quroli sifatida
namoyon bo’ladi
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan yer uni ishlab
chiqarishning boshqa vositalaridan, ajratib turadigan o’z xususiyatlariga egadir.
Birinchidan, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan ishlab chiqarishning texnika
vositalari ancha mukammal vositalar bilan muttasil almashtirib turiladi. Ishlab chiqarish
jarayonida yerning o’rnini hech narsa bosolmaydi, uni yana yaratib bo’lmaydi. Bu narsa yerdan
oqilona foydalanish masalasini keskin qilib qo’yadi.
Ikkinchidan, Iqtisodiyot rivojlanishi bilan ishlab chiqarishning texnik vositalari soni
ko’payib boradi. Tabiatda esa yer fondlari cheklangan va xudud jihatdan ortib bormaydi. Lekin
bu qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yaroqli yer fondlarining barcha zahiralari
tugamaganligini bildirmaydi. Melioratsiya hisobiga mamlakatimizda har yili ming gektarlab
yangi yerlar o’zlashtirilmoqda. Shunday bo’lsada, yangi yerlarni aborotga kiritaverishning
cheki bor. Ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerning hudud jihatidan cheklanganligi undan
oqilona foydalanish zaruratini yanada oshiradi.
6
Uchinchidan. Yerdan oqilona foydalanilganda u eskirmaydi, balki muttasil
tokomillashib boradi, yaxshilanadi, unumdorligi ortadi. Buni shu fakt ham tiklaydiki, yer asrlar
davomida ishlab chiqarishda uzluksiz qatnashib kelgan va uning hosildorligi o’sib bormoqda.
Ayni vaqtda ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlatilgan sari jismoniy va ma’naviy
jihatdan eskiradi.
Ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerning shu xususiyatiga qishloq xo’jaligini
intensivlash va yerlarni melioratsiyalash nazariyasi tayanadi. Texnika taraqqiyoti natijalarini
qo’llash yerning dastlabki tabiiy xususiyatlarini o’zgartiradi, chunonchi sug’orish ta’sirida
yarim cho’l o’tloqlar yuqori unumdor dalalar, bog’lar va tokzorlarga aylanadi.
To’rtinchidan, yerning eng muhim xususiyati shundaki, u fazoda o’z o’rnini
o’zgartirmaydi, ishlab chiqarishning, boshqa vositalari esa o’rnini o’zgartirishi mumkin. Ishlov
beriladigan yerning o’rni va uning sifat jihatdan har xilligi yerning turli xil unumdorlikka ega
bo’lishi shu yerlarga sarf qilingan xarajatlarning samaradorligini turli xil bo’lishiga olib keladi.
Yer tabiiy holda tabiat mahsulidir, u mehnatdan avval vujudga kelgan va qiymatga ega
emas, chunki unda buyumlashgan mehnat yo’q. Yerga inson ishlov bergandagina u mehnat
mahsuliga aylanadi va qiymat kasb etadi. Sug’oriladigan dehqonchilikda yerning qiymati ancha
ortadi, u yerda jamlangan kapital qo’yilmalarning bir qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerning bu barcha xususiyatlari qishloq xo’jaligidagi
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning iqtisodiy nazariyasi va oqilona dehqonchilik
amaliyotining asosini tashkil etadi.
Tuproq unumdorligi yerning eng muhim sifati va xususiyatidir. Dehqonchilik ilmi bilan
shug’ullanadigan olimlar tuproqni mehnat ta’sirida ekinlardan hosil yetishtirishda faol
qatnashadigan rivojlanib turuvchi jonli organizm, deb biladilar.
Hosildorlikning tabiy va iqtisodiy turlari shakllanadi. Tabiiy hosildorlikni uzoq vaqt
davom etadigan tuproq hosil bo’lish jarayoni natijasida tabiatning o’zi yaratadi. Iqtisodiy
hosildorlik esa mehnatdan olingan boylikdir.
Ko’p asrli amaliyot shuni ko’rsatadiki yerdan to’g’ri foydalanilganda tuproq hosildorligi
pasaymaydigani emas, balki inson mehnati tufayli ortib ham boradi.
Dehqonchilikning eng muhim vazifasi tabiiy hosildorlikni madaniy o’simliklar
hosildorligiga aylantirishdan, shuningdek agrotexnika va melioratsiya tadbirlari kompleksini
amalga oshirish yo’li bilan yangi, qo’shimcha iqtisodiy hosildorlikni yaratishdir. Iqtisodiy
7
hosildorlik dehqonchilikda tuproqning tabiiy va suniy hosildorligidan amalda foydalanish
natijasi, potentsial hosildorlikni samarali haqiqiy hosildorlikka aylantirish natijasidir.
Tabiiy hosildorlik tabiiy sharoitlar bilan, sun’iy hosildorlik esa iqtisodiy sharoitlar bilan
bog’liqdir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligiga bu omillar birligining ta’siri
tuproqning iqtisodiy hosildorligi ko’rsatkichida o’z ifodasini topadi.
Yerdan va tuproq unumdorligidan foydalanishni tartibga solib turadigan tadbirlar ishlab
chiqarishning ijtimoiy–iqtisodiy sharoitlari bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham tuproqdan olinadigan
hosildorlik ayni vaqtda ham tabiiy, ham ijtimoiy–iqtisodiy hodisadir.
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida dehqonchilikning tuproq hosildorligidan
foydalana olishi ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishlab chiqarish darajasiga bevosita bog’liq
qilib qo’yadi.
Tuproq hosildorligini tartibga solib turuvchi sof agromeliorativ tadbirlarni iqtisodiy
tadbirlardan ajratish qiyin. Haqiqatda bu barcha omillar o’zaro tutashgan murakkab aloqadadir.
Tuproqning tabiiy hosildorligi undan foydalanish jarayonida iqtisodiy hosildorlikka aylanadi.
Iqtisodiy hosildorlik o’z navbatida, tabiiy va ijtimoiy–iqtisodiy omillarning o’zaro ta’siri
natijasidadir.
Yer eng qimmatli tabiiy resurs, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun yerdan
to’liq va ratsional foydalanish eng muhim vazifadir. Sho’rolar davrida yer va boshqa ishlab
chiqarish vositalari umumlashtirilib davlat va umumhalq mulkiga aylantirildi, natijada dehqon
asta–sekin yerdan uzoqlashtirildi, alohida olingan yer uchastkasining egasizlik davri boshlandi.
Bu o’z navbatida dehqonlarning yerga ishlov berishga qiziqishini va yerdan foydalanishdagi
manfaatdorligini so’ndirib bordi. 1991 yil 1 sentabrdan boshlab mamlakatimiz istiqlolga
chiqishi bilan qishloq xo’jaligida ham halq xo’jaligining boshqa tarmoqlari kabi bosqichma–
bosqich bozor tizimiga o’ta boshlandi. 1997 yil Oliy Majlisning 10 sessiyasida mamlakat
prezidenti I.A.Karimov dehqonning yerga egaligini qayta tiklash, uni mulkdorga aylantirish va
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdan moddiy manfaatdor qilish hozirgi kunning
asosiy masalalaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.
1998 yilda Oliy Majlisning 11 sessiyasida Yer kodeksi, «Qishloq xo’jaligi kooperativlari
(shirkat xo’jaliklari) to’g’risida»gi, «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi va «Dehqon xo’jaligi
to’g’risida»gi qonunlarning qabul qilinishi qishloq xo’jaligini bozor munosabatlariga
bosqichma–bosqich o’tkazishga va iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishga katta turtki
bo’ldi. Natijada fermer xo’jaliklariga 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga. Oilaviy pudrat
usulida ishlayotgan oilalarga 10 yilgacha muddat bilan yerga egalik qilish huquqi berildi.
8
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning hamma shakllari ham qo’llanilmoqda.
Yangi xo’jalik yuritish shakllari ichida dehqonni yerga egalik qilishini yanada to’liqroq
ta’minlaydiganlari fermer, dehqon xo’jaliklari va paychilik jamiyatlari hisoblanadi.
Mamlakatimizning umumiy sug’oriladigan yerlari 4.3 mln. gektarni tashkil qiladi.
Sug’oriladigan yerlarning 80% dan ko’prog’i fermer xo’jaliklari, 12% dehqon xo’jaliklari va
qolgan qismi boshqa turdagi xo’jaliklarga berilgan.
Aholi ko’payishi tufayli jon boshiga yer resurslari bilan ta’minlanganlik
mamlakatimizda kamayib bormoqda. 1980 yilda bir kishi boshiga 0,18 gektar yer to’g’ri
kelgan bo’lsa, hozir 0,15 gektar yer to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoda
haydaladigan yer kishi boshiga o’rtacha 04 gektardan to’g’ri kelib, bu Yaponiyadagi 0,05
gektardan Kanadadagi 2 gektar o’rtasida tebranib turadi.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |