O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Melioratsiya yerlarini joylashtirish va ulardan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

1.7. Melioratsiya yerlarini joylashtirish va ulardan foydalanish 
 
Mamlakatimiz tabiiy sharoitining xilma-xilligi yerlarni melioratsiyalashning turli 
xillarini qo’llashni zarur qilib qo’yadi. Qurg’oq va yarim qurg’oq mintaqalar hamda kam 
namgarchilik mintaqalari uchun melioratsiyaning asosiy turi sug’orishdir. Sug’orish qishloq 
xo’jalik oborotiga yangi yerlarni kiritishni, yillar va regionlar bo’yicha hosildorlikni oshirish 
hamda uni barqaror qilishni ta’minlaydi. 
Sug’oriladigan maydonlar viloyatlar bo’yicha notekis joylashgan. Sug’oriladigan 
yerlarning umumiy maydonidan Farg’ona vodiysi viloyatlariga 29,4%, Toshkent vohasiga 


32 
10,9% Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga 10,9%, Zarafshon vodiysi viloyatlariga 11,6% 
Surxondare va qashqadare viloyatlariga va 23% quyi Amudare viloyatlariga to’g’ri keladi. 
Mamlakatning Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida sug’oriladigan yerlarning 
ko’payishi bilan eski rayonlar ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Bu 1970 yilda 71,2% 
tashkil etgan bo’lsa, 1986 yilda 54,7% ni tashkil etadi. Yer maydonlari sug’oriladigan rayonlar 
ulushi 38% kelajakda ham ortib boradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki. Respublikaning hamma 
viloyatlarida ham sabzavot va oziqa ekinlaridan kafolatlangan yuqori hosilni sug’orish yo’li 
bilangina olish mumkin. Shuning uchun bu mintaqada tuproq suv rejimini ikki yoqlama 
tartibga solib turish keng tarqaldiki, bu melioratsiyalangan yerlarda zah qochirish bilan 
sug’orishni uyg’unlashtirishni ko’zda tutadi. 
Umumiy maydonning sug’oriladigan yerlari ulushi mamlakat mintaqalari bo’yicha 
anchagina doirada o’zgarib turadi. Chunonchi, hamma viloyatlarda sug’oriladigan maydonlar 
barcha ekin yerlarining 75-80% ini, tashkil etadi. 
Mamlakat sug’oriladigan yerlardan paxta, sholi, sabzavotni hosilining hammasini
g’allaning 90 foizdan ko’prog’ini, dag’al ozuqaning 50-60 foizini hamda boshqa 
mahsulotlarning talay qismini oladi.
Qishloq xo’jalik ekinlari ùosildorligi dehqonchilikning samaradorligini xarakterlovchi 
sintetik ko’rsatkichidir. 
Lekin melioratsiyalangan yerlardagi haqiqatdagi hosildorlik loyihadagi darajaning 70-
80% inigina tashkil etadi. Ayni vaqtda melioratsiyalangan yerlardan mahsulot birligi mehnat va 
mablag’larni eng kam sarflagan holda yuqori va barqaror hosil olish mumkinligini ilg’or 
xo’jaliklar hamda ilmiy tadqiqot muassasalarining ko’pdan-ko’p ma’lumotlari yaqqol 
tasdiqlamoqda. Sug’oriladigan gektarning hosildorligi lalmikor yerlar ùosildorligidan 4-5 
baravar ko’pdir. Mamlakatimizda sug’oriladigan yerlar haydov yerlari va ko’p yillik ko’chatlar 
maydonining 10% ini egallagan bo’lib, dehqonchilik yalpi mahsuloti qiymatining 94% ga 
yaqinini beradi.
Sug’orma dehqonchilikning asosiy mintaqalari misolida sug’oriladigan yerlardan 
foydalanishni ko’rib chiqamiz. Bu mintaqalarning sug’oriladigan yerlaridan foydalanish 1.6-
jadvalda keltirilgan ma’lumotlari bilan xarakterlanadi. 
1.6-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin