O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Yerlarni melioratsiyalashning asosiy bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

1.5. Yerlarni melioratsiyalashning asosiy bosqichlari 
 
Mamlakatimiz xududidagi yerlarni sug’orish ko’p asrlik tarixga egadir. Markaziy Osiyo 
davlatlarida yerlar qadim zamonlardan buyon sug’orib kelinadi. 
1925 yilda O’rta Osiyoning sug’oriladigan eski rayonlarida yer-suv islohati o’tkazilib 
yer va suv foydalanish uchun yersiz va kam yerli dehqonlarga berildi. Bu islohot o’z davrida 
sug’orma dehqonchilikning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 
1930-1950 yillarda sug’orish rivojlantirilgan asosiy rayonlar paxta yetishtirishni 
ko’paytirishdan iborat asosiy muammoni hal qilishga bo’ysindirilgan edi. Bu davrda bu 
rayonlarda yangi yirik irrigatsiya tizimlari qurish boshlandi. 
Yirik kanallari halq qurilishlari usuli bilan barpo etish dastlabki yillardagi suv xo’jaligi 
qurilishining xarakterli xususiyati edi. 
Katta Farg’ona kanalining barpo etilishi–bunday qurilishning eng yorqin namunasidir: 
bunda kanal trassasiga O’zbekiston, Qirgiziston va Tojikiston Respublikalarining 160 ming 
dehqonlari chiqqan edi. Uzunligi 275 km, kengligi 30 m va chuqurligi 4 m keladigan kanal 
misli ko’rilmagan qisqa muddat 45 kunda qurib bitkazildi. Bu Farg’ona vodiysining 500 ming 
gektar sug’oriladigan yerlarini suv bilan ta’minlanishni yaxshiladi va sug’oriladigan maydonlar 
63 ming gektar ko’payishini ta’minladi. Farg’ona vodiysidagi melioratsiya ishlari 


29 
mamlakatning boshqa viloyatlari uchun namuna bo’ldi. 1938-1941 yillarda halq qurilishi usuli 
bilan bir qancha yirik kanallar qurildi. Mamlakatning ko’p rayonlarida shu usul bilan xovuzlar, 
to’g’onlar, qishloq gidroelektrostantsiyalari va boshqa ob’ektlar barpo etildi. 
Shunday qilib, hozirgi sharoitda yerlarni melioratsiyalashga g’alla, sabzavot yetishtirish, 
chorvachilik uchun mustahkam oziqa bazasi yaratish muammosini hal etishda tobora ko’p 
e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda melioratsiya eng muhim halq xo’jalik vazifalari darajasida 
turadi. U jahon tajribasida misli ko’rilmagan ko’llamlarda olib borilmoqda. Uning mamlakatni 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan puxta ta’minlashdagi roli ortib boraveradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin