d
i
D
D
B
24
Bunda, B-ball% D-tuproqlar, i-agroishlab chiqarish guruhining sof foydasi, sum ga: D
d
– 100 ball (etalon) deb qabul qilingan eng yuqori natijaga erishgan agroishlab chiqarish
guruhining sof foydasi, sum ga.
Ochiq shkala tuzishda 100 ball deb yalpi ichki mahsulot yoki sof foydaning o’rtacha
darajasi qabul qilinadi. Boshqa ishlab chiqarish guruhlari tuproqlarini ballarda baholash yopiq
shkala tuzishdagidek o’tkaziladi.
Umuman xo’jalik bo’yicha yerni baholash bali qishloq xo’jalik yerlariga kiruvchi ayrim
tuproq guruhlari chamalangan baholarining o’rtachasi hisoblab chiqiladi. Yerni iqtisodiy
baholash ma’lumotlari asosida kadastr kartalari tuziladi.
Taqqoslanishga rioya qilish uchun tuman, viloyat va butun mamlakat bo’yicha yerlarni
iqtisodiy baholash yagona uslubiyot bo’yicha o’tkazilishi kerak.
1.4. Melioratsiya qishloq xo’jaligini intensivlash omili sifatida
Qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirish mamlakatning asosiy iqtisodiy
muammosi bo’lib, halq moddiy farovonligining bundan buyog’iga yuksalishi shu muammo hal
etilishiga bog’liqdir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini izchil intensivlashga qishloq
xo’jaligini rivojlantirishning yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlash choralari tizimida hal
qiluvchi rol berilmoqda.
«Intensivlik» termini qishloq xo’jaligiga tadbiqan ishlab chiqarishning asosiy vositasi
bo’lgan yer ishlab turishi aktivligini oshirishni anglatadi.
Qishloq xo’jaligini intensivlash jarayonini yer maydoni birligiga kapital to’plash sifatida
tushiniladi. Qishloq xo’jaligidagi intensivlash jarayonining mohiyati mahsulot birligiga eng
kam mehnat va mablag’ sarflagan holda yer maydoni birligidan mahsulot ishlab chiqarishini
ko’paytirish maqsadida qo’shimcha ishlab chiqarish mablag’lari sarflashdan iboratdir. Gektar
hisobiga mahsulot chiqishini ko’paytirish uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga pul
mablag’lari, goho esa mehnat tobora ko’p sarflanadi. Kompleks mexanizatsiyalash, yerlarni
ximiyalash va melioratsiyalash qishloq xo’jaligini intensivlashning asosiy yo’llaridir.
Yer dehqonchilikda qo’shimcha mablag’ sarflashning asosiy ob’ekti xizmatini utaydi.
Mahsulot chiqishini ko’paytirish uchun maydon birligiga ishlab chiqarish mablag’larini
to’plash dehqonchilik ishlab chiqarishini intensivlashning moddiy-buyumli mazmunidir.
25
Bu tarmoqda tuproqning unumdorligini oshiradigan va mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytiradigan xarajatlar katta rol o’ynaydi. Aynan kompleks mexanizatsiya va ximiyalashga
qo’shib o’tkaziladigan melioratsiya qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishga
yordam berish, hamda unga barqarorlik va dinamiklik baxsh etish vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligini intensivlash omili bo’lgan melioratsiya yerdan to’g’ri
foydalanilganda yaxshilanishi va uning unumdorligini muttasil oshirish mumkinligidan iborat
xususiyatlariga tayanadi. Tuproqning tabiiy xususiyatlari suv, havo, issiqlik va oziqlik
rejimlarini tartibga solish vositasida ancha yaxshilanadi.
Melioratsiyaning asosiy roli shundaki, u tuproq bilan suv, o’simlik bilan atmosfera
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik murakkab kompleksini optimal hal qilishga, ya’ni asosiy ishlab
chiqarish vositasi bo’lgan yerning tubdan yaxshilanishiga qaratilgandir. Melioratsiya tadbirlari
tuproqdagi inson ta’sirida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni belgilab beradi va yuqori hosil
olinishini ta’minlaydi. Melioratsiya tadbirlarining iqtisodiy mohiyati ham shundadir.
Ko’p o’n yilliklar mobaynida qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishini ko’paytirish
asosan oborotga yangi yerlarni jalb etish, ya’ni ekstensiv yo’l bilan ta’minlab kelindi.
Mamlakatdagi haydaladigan yerlar maydoni 1913 yildagi 2 mln. gektardan 2005 yildagi 4,3
mln. gektargacha ko’paydi. Ekinlar hosildorligi shu davr ichida 2-3 martagacha oshdi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo’li katta maydonlarga ega bo’lgan
qo’riq yerlar mavjudligi hamda halq xo’jaligi yetakchi tarmoqlarining muayyan texnika
darajasi bilan shartlangan edi. Hozirgi vaqtda melioratsiya ishlari o’tkazmasdan, ko’p kapital
mablag’lar sarflamasdan ekin yerlarini kengaytirish imkoniyatlari tug’iladi. Shuning uchun
qishloq xo’jaligini olib borishning intensiv yo’lga qat’iyan o’tish masalasi o’rtaga qo’yiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligini intensivlash oziq-ovqat mahsulotlari va
xom ashyoga jamiyat ehtiyojlarini eng ko’p darajada qondirishdan iborat. Shu maqsadga
erishish uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga kapital qo’yilmalar miqdori oshib
bormoqda. Intensivlashning ob’ektiv zaruriyati yana shundaki, qishloq xo’jalik yerlari maydoni
cheklangan hamda bir kishi hisobiga yer bilan ta’minlanganlik kamayib bormoqda.
Melioratsiyaning katta iqtisodiy ahamiyati shundaki, u melioratsiyasiz qishloq xo’jalik
oborotiga kiritib bo’lmaydigan keng yangi yer maydonlarini o’zlashtirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz ko’p rayonlarining xaydaladigan yerlari melioratsiya tadbirlari hisobiga
kengaydi. Melioratsiya hosilsiz yerlarni serhosil yerlarga aylantirib, qishloq xo’jaligi
taraqqiyotini belgilovchi omil bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligini intensivlash omili bo’lgan
26
melioratsiyaning ahamiyati yana shu bilan ortib bormoqdaki, u iqtisodiy jihatdan zarurgina
emas, balki uning o’rnini boshqa hech narsa bosa olmaydi.
Xo’jalikni olib borishning intensiv usuli ekin maydonlari kengayishini istisno qilmaydi.
Aksincha, yangi yerlar o’zlashtirish mamlakatimizda iqtisodiy zarurat bo’lib kelmoqda.
Qishloq xo’jalik oborotiga yangi yerlarni jalb qilish hamda ularni unumdorligini oshirish,
melioratsiyalash, yangi texnikani, fan va ilg’or tajriba yutuqlarini qo’llash asosida amalga
oshiriladi.
Yerlarni
melioratsiyalash-qishloq
xo’jaligini intensivlashning asosiy kapital
yo’nalishidir. Yerlarni melioratsiyalash keng dasturini amalga oshirish ancha kapital
qo’yilmalarni talab qiladi. Kapital qo’yilmalarga asosiy fondlarni tiklash, rekonstruktsiya qilish
va ko’paytirishga qaratilgan pul mablag’lari kiradi. Melioratsiya va qishloq xo’jalik ishlab
chiqarish vositalarini oddiy hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ularning sifatini
yaxshilash kapital qo’yilmalar hisobiga amalga oshiriladi. qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga,
shu jumladan melioratsiyaga ham kapital qo’yilmalar miqdori har yili ko’payib bormoqda
Irrigatsiya-melioratsiya qurilishiga kapital qo’yilmalar so’nggi yillarda qishloq
xo’jaligiga qo’yilmalar umumiy miqdoriga nisbatan ancha tez sur’atlarida ko’payib bormoqda.
Ularning o’rtacha yillik o’zlashtirilish 50 mlrd. so’mdan ortadi. Bunda mavjud melioratsiya
tizimlarini rekonstruktsiya qilishga ancha mablag’ ajratildi.
Melioratsiyalangan yerlarda qishloq xo’jaligini intensiv olib borishga o’tish
xarajatlarining shunchaki miqdor jihatdan o’sishini emas, balki ularning texnika taraqqiyoti
tufayli sifat jihatdan yaxshilashini ham bildiradi. Bu qishloq xo’jaligini intensivlash
samaradorligini melioratsiyalangan yerlarda ishlab chiqarish vositalarini shunchaki to’plash
emas, balki ularning sifat jihatdan o’zgarishi va unumli iste’mol qilinishi belgilarini anglatadi.
Melioratsiya yerdan foydalanish samaradorligini oshirib, dehqonchilikni intensivlash
chegaralarini kengaytiradi, qishloq xo’jaligini intensivlashning boshqa omillari oshishi uchun
sharoit yaratadi va bu bilan dehqonchilik madaniyati yuksalishiga yerdam beradi. Bunda shuni
nazarda tutish kerakki, qo’shimcha qo’yilmalardan maqsad, shu qo’shimcha qo’yilmalar
samaradorligini oshirishdangina iborat bo’lmaydi. Ularning vazifasi-barcha ko’yilmalarning,
shu jumladan avval o’tkazilgan qo’yilmalarning ham samaradorligini oshirishdir. Amalda
maydon birligiga dastlabki va qo’shimcha qo’yilmalardan ishlab chiqarishda o’zaro birlikda
jami xarajatlar sifatida foydalaniladi. Melioratsiyalangan yerlarda o’g’itlarni qo’llanish
27
samaradorligi oshadi, yuqori hosildor navlarning afzalliklari ancha to’laroq namoyon bo’ladi,
ekin maydonlari tarkibida intensiv va yuqori hosildor ekinlar ko’p bo’ladi.
Sug’orish takroriy ang’iz yerlariga ekin ekishni keng qo’llanish imkonini beradi. Bu
narsa yiliga ikkita hosil olishnigina ta’minlab qolmay, balki katta tashkiliy–iqtisodiy ahamiyat
ham kasb etadi. Takroriy ekinlar ekib o’stirish xo’jaliklarga moddiy va mehnat resurslari
texnika, ish kuchi sug’oruv suvi va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan yanada to’laroq
foydalanish imkonini beradi. Takroriy va angiz yerlarga ekin ekishni joriy qilish hisobiga
sug’oriladigan yerlardan foydalanish koeffitsiyentini 1,4 gacha oshirish mumkin.
Shunday qilib, melioratsiya qishloq xo’jalik yerlari unumdorligini oshirishning eng
muhim vositasi hisoblanadi. U tuproqning iqtisodiy unumdorligi ortishini ta’minlaydi, yer
mehnat va ishlab chiqarish vositalaridan ancha to’liq va samarali foydalanish uchun sharoit
yaratadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, xo’jalikni intensiv va ekstensiv olib borish degan
tushunchalar–nisbiy tushunchalardir: ikkala holda ham ular aniq ifodalangan miqdoriy
o’lchamlarga ega bo’lishi kerak. Bu tushunchalarning shartliligi jami xarajatlar (jonli va
buyumlashgan mehnat)ning yer maydoni birligiga nisbati sifatida ularning mohiyatidan kelib
chiqadi. Bu nisbat qancha ko’p bo’lsa, intensivlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.
Dehqonchilikning texnika bilan ta’minlanishi ortib borgani sari sug’oriladigan
yerlardagi ishlab chiqarish intensivligi o’saveradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jonli va
buyumlashgan mehnat nisbati ancha o’zgaradi, buyumlashgan mehnatning hissasi ko’payadi,
mahsulot birligiga mehnat umumiy sarfi kamayadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni
intensivlash ijtimoiy mehnat unumdorligi o’sishiga olib keladi.
Qishloq xo’jaligini intensivlash jarayonini ko’rib chiqishda quyidagi ikki jihatni hisobga
olish kerak: birinchidan, ishlab chiqarishni intensivlash darajasi, ikkinchidan, intensivlash
vositalarini qo’llanish samaradorligi. Intensivlash darajasi va samaradorligi ko’rsatkichlari
qiymat va tabiiy shaklda ifodalanishi mumkin.
Qishloq
xo’jaligini
intensivlash
darajasi
quyidagi
ko’rsatkichlar
bilan
(melioratsiyalangan maydonning bir gektari hisobida) xarakterlanadi:
-asosiy ishlab chiqarish fondlari (shu jumladan meliorativ fondlar va joriy ishlab
chiqarish (yeyilishdan mustasno) xarajatlarning qiymati;
-asosiy ishlab chiqarish fondlari (shu jumladan meliorativ fondlar) qiymati;
-joriy ishlab chiqarish xarajatlari;
28
-mehnat xarajatlari hajmi, energiya bilan ta’minlanganlik, sarflangan sug’oruv suvi
miqdori, qo’llaniladigan o’g’itlar miqdori va hokazo.
Intensivlashning iqtisodiy samaradorligi xarajatlar ko’payishi mahsulot ko’payishini
ta’minlashida ifodalanadi. Intensivlashdan ko’zlangan maqsad-yer maydoni birligidan eng ko’p
mahsulot olishdir. quyidagilar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini intensivlashning asosiy
ko’rsatkichlaridir;
-melioratsiyalangan maydonining bir gektari hisobida yalpi va sof mahsulot chiqishi;
-qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi;
-melioratsiyalangan maydonning bir gektari hisobida sof daromad yoki foyda chiqish;
-mehnat unumdorligining o’sishi;
-fond samarasining oshishi.
Yerlarni melioratsiyalash qishloq xo’jaligini intensivlashning boshqa omillari bilan
to’g’ri qo’shib o’tkazilsa, eng katta samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |