O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Yerlarni melioratsiyalashning iqtisodiy va sotsial ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

1.4. Yerlarni melioratsiyalashning iqtisodiy va sotsial ahamiyati 
 
O’zbekiston Respublikasi agrar siyosatining asosiy yo’nalishlari orasida yerlarni 
melioratsiyalashga katta o’rin berilgan. Bu siyosatida melioratsiyani qishloq xo’jaligini 
yuksaltirish va qishloqda sotsial o’zgartirishlarni amalga oshirishning qudratli omili deb 
tushunish kerak. 
Mamlakatimiz yerlari melioratsiyasini rivojlantirish rejasida qishloq xo’jaligini bozor 
munosabatlari asosida qayta o’zgartirishning asosiy belgilari aks etgan. Suv-meliorativ 
tadbirlari amalga oshirilishi bilan birga qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirish jarayoni sodir bo’lmoqda, ishlab chiqarishni industrlashtirish imkoniyatlari 
kengaymoqda, yer va suv resurslarini rejali o’zlashtirish davom etmoqda. 
Melioratsiya qurilishining keng dasturini qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasini 
yaratish rejasining eng muhim bo’limidir. Intensivlashning ko’p kapital mablag’ sarflanadigan 
yo’nalishi bo’lgan yerlar melioratsiyasi qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasini ancha 
mustahkamlaydi. Texnika jihatdan ancha mukammal tizimlar qurishga o’tish bilan ularning 
kapital mablag’lari hajmi yanada oshadi. Melioratsiyaga ajratilgan kapital mablag’larning 60% 
i irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini qayta tuzish hamda qurishga va 20% i melioratsiya 
mashinalari hamda suv xo’jaligi uskunasi olishga ketadi. Xo’jaliklar fond bilan ta’minlanishi 
va mehnat quvvati bilan qurollanishining oshishi-qishloq xo’jaligi taraqqiyotini jadallashtirish 
uchun iqtisodiy sharoitlar yaratadi. 
Melioratsiyalangan yerlarda qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishga 
ham hosildorlikni oshirish hisobiga, ham ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga 
erishiladi. 


30 
Melioratsiya qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashi, eng qattiq 
qurg’oqchiliklarning salbiy oqibatlariga barham berishi kerak. Hisob-kitoblar shuni 
ko’rsatadiki mamlakatda tez-tez yuz beradigan qurg’oqchilik yillarida kam g’alla hosili 
olinganligi o’rnini qoplash uchun melioratsiyalangan yerlarda g’alla hosildorligini keskin 
oshirishga to’g’ri keladi. G’alla yetishtirishni ko’paytirishning katta qismini oziqa g’alla va 
avvalo sug’oriladigan yerlarda o’stiriladigan yuqori hosillik bug’doy va makkajo’xori hisobiga 
olinishi kerak. Sug’oriladigan yerlarda angiz (takroriy) ekinlar ekiladigan maydonlarni 
kengaytirish kerak. Ular birinchidan chorvachilik uchun yem-xashak bazasini yaratasa, 
ikkinchidan tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o’ynadi. 
Melioratsiya qishloq xo’jalik korxonalari iqtisodiyotini rivojlantirishga anchagina 
o’zgartirishlar kiritadi. Dehqonlar sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik ekinlaridan har yili 
yuqori va barqaror hosil olmoqdalar, bu esa xo’jaliklar daromaddorligi o’sishiga hamda qishloq 
mehnatkashlarining turmush darajasi yuksalishiga olib keladi. 
Melioratsiyaning sotsial-iqtisodiy soxadagi qayta o’zgartiruvchanlik kuchi yangi yerlar 
o’zlashtirishda eng to’liq namoyon bo’ladi. Melioratsiya hisobiga qo’riq yerlarni o’zlashtirish, 
ularda aholini joylashtirishga va tabiiy-iqtisodiy sharoitlarni qayta o’zgartirishga yordam 
beradi. 
Melioratsiyalangan yerlar samaradorligini oshirishdagi asosiy vazifalardan biri yerlarni 
kompleks o’zlashtirishdir. Kompleks usul birinchi marta Mirzacho’lning sug’oriladigan yangi 
mintaqasida qo’llanildi. Suv xo’jaligi qurilish tashkilotlari zimmasiga qurilish va 
sug’oriladigan yerlarni o’zlashtirish ishlarining barcha turlari yuklatildi. Bu yerda sug’orish 
tizimlari qurish bilan bir vaqta sanoat, uy-joy va madaniy-maishiy qurilish ham boshlab 
yuborildi. Bunday yondashish kadrlar o’rnashib qolishiga yordam beradi, muhim sotsial 
muammo muvaffaqiyatli hal etilishiga olib keladi. 
Melioratsiya qurilishi ko’llamlarining kengayishi bilan yerlarni kompleks o’zlashtirish 
tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Yerlarni melioratsiyalash bilan birga ishlab chiqarish va 
madaniy-maishiy ob’ektlar qurilishi ham olib borilmoqda, qishloq mehnatkashlarining 
farovonligi yuksalmoqda. 
Davlat suv xo’jaligi va melioratsiya qurilishi, yangi yerlarni o’zlashtirish xarajatlarini 
o’z zimmasiga olmoqda. Davlat mablag’lari hisobiga qurilgan ichki xo’jaliklararo melioratsiya 
tizimlari xo’jaliklar balansiga o’tkazilmoqda. Sug’orish tizimi ichki xo’jalik qismining 
xo’jalikka foydalanish uchun topshirishi xo’jalik ahamiyatigagina emas, balki katta sotsial 


31 
ahamiyatga ham egadir; davlat va kooperativ mulk shakllarining qo’shilib ketishi sodir 
bo’lmoqda. Binobarin, melioratsiya qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlabgina qolmay, balki davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarishga yordam 
bermoqda. 
Yerlarni melioratsiya qilish qishloq xo’jaligidagi fan-texnika taraqqiyotining asosiy 
yo’nalishi hisoblanadi, yondashuvning zamonaviy bo’lishini kadrlardan yuqori malakali, 
texnikani samarali boshqarishni bilishni talab qiladi. Gidromelioratsiya tizimlarini ishlatish 
sohasida band bo’lgan oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar hissasi butun qishloq 
xo’jaligidagi shunday mutahassislardan ikki baravar ortiqdir. Bu qishloq xodimlari sotsial 
tarkibining takomillashuviga olib kelmoqda. Qishloqda gidrotexnik, yomg’ir mashinalari 
mashinisti, operator degan yangi kasblar paydo bo’ldi. Melioratorlar uchun shahar tipidagi 
yangi poselkalar qurilgan. Bu poselkalarning hammasi yuqori darajada obodonlashtirilganligi 
va ko’kalamzorlashtirilganligi bilan ajralib turadi. 
Irrigatsiya inshootlari joyning o’zgarishiga yordam beradi. Ko’pgina gidrotexnika 
inshootlari ajoyib arxitektura bezaklariga egadir. Bu esa tabiiy manzarani boyitadi.
Irrigatsiya mintaqasida dam olishni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 
Ko’pgina yirik suv omborlari dam olishning barcha turlari uchun baza xizmatini o’taydi. 
Bunga yana shuni qo’shimcha qilish kerakki, yerlarni melioratsiyalash qishloq xo’jaligi 
oldiga qo’yilgan joriy vazifalarni hal qilishgagina emas, balki yaqin oradagi va olis kelajakdagi 
vazifalarni ham hal qilishga qaratilgandir. Bu esa melioratsiya tadbirlarining iqtisodiy va 
sotsial ahamiyatini oshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin