O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Yer va suv resurslari bilan ta’minlanligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
Yer va suv resurslari bilan ta’minlanligi 
(2005 yil) 
Viloyatlar 
Aholi jon boshiga to’g’ri keladi 
Suv resurslari bir gektar 
qishloq xo’jalik 
yerlariga to’g’ri keladi, 
ming m
3
qishloq xo’jalik 
yerlari, gektar 
suv resurslari,
m
3
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
3,38 
5214 
1,5 
Andijon 
0,11 
1363 
12,6 
Buxoro 
1,94 
2834 
1,5 
Jizzax 
1,20 
3065 
2,5 
Qashqadaryo 
0,94 
2817 
3,0 
Navoiy 
12,56 
2715 
0,2 
Namangan 
0,15 
1556 
10,5 
Samarqand 
0,46 
1413 
3,0 
Surxondaryo 
0,62 
2272 
3,6 


43 
Sirdaryo 
0,44 
5278 
10,5 
Toshkent 
0,31 
1303 
4,1 
Farg’ona 
0,11 
1640 
12,6 
Xorazm 
0,28 
3350 
11,8 
JAMI 
1,03 
2242 
2,1 
Suvning hudud jihatdan taqsimlanishidagi tengsizlik uning mavsumiy va yillik 
tebranishlari tufayli kuchayib bormoqda. Suv balansi va uning yil fasllari bo’yicha 
taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanishi xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. 
Mamlakatimiz ko’pchilik daryolarini suv bilan ta’minlanishning asosiy manbai qor 
ko’rinishidagi yog’inlardir. Bunday rayonlarda asosiy suv oqimi bahor fasliga to’g’ri keladi. 
Muzliklardan suv bilan ta’minlanadigan daryolar havzalarida suvning katta qismi yoz fasliga 
to’g’ri keladi. Daryo suvining yil fasllari bo’yicha bunday tengsizligi suv resurslaridan 
foydalanishni qiyinlashtiradi va suv xo’jaligi balanslarida tanglikni vujudga keltiradi. Chuchuk 
suv tankisligi suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishga ketadigan 
qurg’oqchilik mintaqasida ayniqsa keskin seziladi. 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanishda tubdan o’zgarishlar 
sodir bo’ldi, ko’pdan ko’p yirik gidrouzellar qurildi, ulkan suv omborlari va katta kanallar 
barpo etiladi. 
Suv resurslarini qayta taqsimlash maqsadida g’oyat ko’p suv oqiziladigan Qarshi 
magmstral kanali, Amu-Buxoro, katta Farg’ona, katta Andijon, katta Namangan, Do’stlik, 
Janubiy Mirzacho’l va boshqa ko’plab kanallar qurildi. 
Orol dengizi havzasida jami sig’imi 72 km
3
ni tashkil etadigan 105 yaqin suv omborlari 
barpo etildi. Ular orasida daryolarning kafolatlangan suv oqimini 20-25% oshirish imkonini 
beradigan 52 km
3
foydali umumiy hajmli 10 dan ko’prok yirik suv omborlari bor. 
Bularning hammasi energetikani rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa bo’ldi, tartibga 
solingan suvlar mintaqasini ko’paytirdi va ulardan foydalanishni puxta yo’lga qo’ydi. Biroq 
sanoat va qishloq xo’jaligi taraqqiyotining yuksak sur’atlari, yangi rayonlarning iqtisodiy 
rivojlanishga jalb etilishi yer usti suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta 
taqsimlashni talab qilmoqda. Daryo suvlarini qayta taqsimlashning hozirgi darajasi halq 
xo’jaligining barcha ehtiyojlarini qondirmayotir. O’rta Osiyo respublikalarida, Qozog’istonda 
katta suv tanqisligi kuzatilmoqda. 
Suv resurslaridan halq xo’jaligining ko’p sohalarida boshqa ko’p maqsadlar uchun ham 
foydalaniladi, shuning uchun suv xo’jaligi tadbirlarini hal etishda kompleks yondashuv hisobga 


44 
olinadi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish iqtisodiy region yoki daryo havzasiga nisbatan 
qarab chiqiladi. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo’lgan suv resurslari moddiy va tabiiy 
resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo’jalik 
tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi. 
Suv resurslarining vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga ehtiyojlarni qondirish 
bo’yicha region ko’llamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo’jaligi kompleksi (VXK)ning 
asosiy vazifasidir. Region suv resurslaridan kompleks foydalanish tarmoqlardan har birida 
suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvlardan oqilona foydalanishning yagona 
tarmoqlararo sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Deyarli barcha yirik havzalarda suv xo’jaligi 
sxemalari mavjuddir. 
Suv bilan ta’minlash, sug’orish gidroenergetika, kemalar qatnovi, baliq xo’jaligi va 
boshqalar suv xo’jaligi kompleksining asosiy qismlaridir. 
Suv bilan ta’minlash–bu, suvni iste’molchilarga yetkazib berishdir. Region ishlab 
chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi, mehnat resurslarining mavjudligi va joylashishi suv 
ta’minoti bilan bog’liq bo’ladi. Suv bilan ta’minlash suvning sifatiga suv xo’jaligi 
kompleksining boshqa turlariga bo’lganidan ko’ra yuqoriroq talablar qo’yadi. Suv 
ta’minotining quyidagi turlari farq qilinadi: kommunal, sanoat, qishloq xo’jalik, temir yo’l va 
hokazo suv ta’minoti. Har qaysi suv ta’minoti turi o’z xususiyatlariga egadir. 
Uy-joy qurilishining katta ko’lamlari kommunal va suv sporti inshootlarining barpo 
etish aholi punktlarini suv bilan ta’minlash manbalari quvvatini keskin oshirishni talab etadi. 
Hozirgi vaqtda kommunal maishiy xo’jalik olinayotgan jami suvning 6% idan ko’prog’ini 
iste’mol qilmoqda. 
Suvning talay qismidan sanoatda foydalaniladi. 1 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun 
mamlakat bo’yicha o’rtacha 350 m
3
suv iste’mol qilinadi. Temir qotishmalari zavodlaridagi 
suv iste’moli 1 tonna mahsulot hisobida qariyib 800 m
3
ni tashkil etadi. 1 tonna ipak tayyorlash 
uchun 1200 m
3
suv 1 tonna kapron tola ishlab chiqarish uchun esa 2500 m
3
suv kerak bo’ladi. 
1998 yilda olinadigan butun suvning 25% i sanoat suv ta’minotiga sarflanadi. 
Qishloq xo’jaligi mamlakatimizdagi barcha suv iste’molchilari orasida alohida o’rin 
tutadi. Iste’mol qilinadigan chuchuk suvning 50 km
3
uning hissasiga to’g’ri keladi. Eng ko’p 
suv sug’orishga ketadi. Ham umumiy, ham ulushli suv iste’moli sug’orishning asosiy 
xususiyatidir. Sug’orishga har yili 45-50 km
3
suv yoki olinadigan butun suvning 80% idan 
ko’prog’i ketadi. Bunda Farg’ona vodiysi viloyatlari hissasiga mamlakatda iste’mol qilinadigan 


45 
sug’orish suvining 18%, Toshkent viloyati hissasiga 6,2%, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari 
hissasiga 10,5%, Zarafshon vodiysi viloyatlari hissasiga 17,0%, quyi Amudaryo viloyatlari 
hissasiga 25,5%, Qashqadaryo, Surxondaryoga 19,5% to’g’ri keladi. Kelajakda qishloq 
xo’jaligi uchun suv olish tahminan 1,2 baravar ko’payadi. 
Olinadigan butun suvning 70% dan ko’prog’i qaytmas tarzda iste’mol qilinadi. Bunda 
sug’orishda suvni qaytmas tarzda iste’mol qilishga olinadigan suvning 85% iga yaqini sarf 
bo’ladi, vaxolanki kommunal xo’jalikda 16% i sanoatda esa 9% i sarf bo’ladi. Toza suvning 
ko’p qismi ifloslangan suvlarga qo’shishga va ular iflosligi darajasini yo’l qo’yish mumkin 
bo’lgan kontsentratsiyagacha pasaytirishga sarflanadi. 
Yer ustida oqadigan suvlardan foydalanish bilan birga yer osti suvlariga ham katta 
e’tibor beriladi. Yer osti suvlaridan foydalanish hisobiga suv chiqariladigan o’tloqlar 
shuningdek sug’oriladigan yerlar maydonlarini kengaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda yer osti 
suvlari bilan sug’oriladigan yer maydonlari jami sug’oriladigan yerlar maydonnining 0,5% ini 
tashkil etadi. 
Suv xo’jaligi kompleksining asosiy qismlari suv resurslariga turlicha talablar qo’yadi. 
Suv gidroenergetika uchun energiya manbai bo’lishi mumkin. Bu energiya esa sun’iy ravishda 
qurilgan yoki tabiiy suv tushirgichda hosil qilinishi mumkin. Suv transporti uchun suvdan 
foydalanishdagi asosiy narsa-novigatsiya davrida zarur chuqurlikni ta’minlashdir. Baliq 
xo’jaligida baliqni takror ishlab chiqarish va urchitish uchun xovuzlargina emas, balki ko’p 
xollarda daryolar suv oqimining muayyan rejimi ham kerak bo’ladi. Baliqni tabiiy qayta ishlab 
chiqarish uchun har yili bahor toshqinlari zarur. 
Suv muammosi uchta yo’l bilan hal qilinadi. Birinchidan, daryo suvini to’la tartibga 
solish kerak. Daryo suvi suv omborlari qurish yo’li bilan tartibga solinadi. Suv omborlari 
qurish ko’p maqsadlarni ko’zlaydi. Bu qurilish suv ta’minotini yo’lga qo’yishi daryolar suvini 
tartibga solishi, energiya resurslaridan foydalanishni ta’minlashi, sug’orish va suv chiqarishni 
rivojlantirish, transport magistrallarini yaratilishi, baliq xo’jaligini rivojlantirish va hamda suv 
toshqinlari oldini olish kerak. 
Ikkinchidan, bu qurilish suv havzalari o’rtasida suvni qayta taqsimlash yo’li bilan suv 
resurslari haddan ziyod bo’lgan rayonlardan ularning anchagina qismini suv xo’jalik 
rayonlarga olib borish imkonini beradi. Suv resurslarini xudud bo’yicha qayta taqsimlash 
ishlari mamlakatimizda ko’p vaqtdan buyon o’tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda Amudaryo 


46 
suvining bir qismi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Kelgusida 
bu kanallar Qizilqum ichiga kirib boraveradi. 
Uchinchidan har bir havza ichida suvni tejab sarflashga qaratilgan suv xo’jaligi va 
tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga suv xo’jaligi tizimlarini qayta 
tuzish, oqova suvlardan takroran foydalanish, yangi texnikani, suv xo’jaligi tashkilotlari bilan 
suv iste’molchilari o’rtasida bozor munosabatlarini joriy qilish kiradi. 
Suv resurslaridan kompleks foydalanish suv xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini 
ancha oshiradi. Bu holda suv xo’jaligi tadbirlariga tor idoraviy yondashuvga chek qo’yiladi, 
ularning halq xo’jalik ahamiyati to’la hisobga olinadi, suvlarni ifloslanish va tugab qolishdan 
saqlash bo’yicha talablarga albatta rioya qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin