O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

3.4. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining vazifalari 
huquqlari va majburiyatlari 


71 
1. Irrigatsiya tizimlari ùavza boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanadi. 
2. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisinnng qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Reslublikasi Prezidentining 
farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maùkamasining qarorlari 
va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hay’atining 
qarorlariga, Vazirlikning buyruqlari va qarorlariga ùamda boshqa qonun xujjatlariga, 
shuningdek o’zining Nizomiga amal qiladi. 
3. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muùrga, bank 
muassasalarida hisob raqamlariga ega bo’ladi. 
4. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv havzasida suv resurslarini tartibga solish 
va foydalanishda yagona siyosat o’tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi. 
Quyidagilar havza boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
suvdan foydalanishning bozor printsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv
resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etish; 
suvni tejovchi ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika 
siyosatini yuritish; 
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish:
irrigatsiya tizimlari suv xujaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash: 
irrigatsiya tizimidan ishonchli foydalanish va uni ish holatida saqlash uchun uni 
tayyorlashni tashkil etish: 
havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish: 
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag’lar, moddiy-texnika 
resurslari, texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan 
maqsadli foydalanish. 
5. Boshqarma quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: 
suv resurslarini boshqarishni va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan 
belgilangan limitlarga muvofiq Irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga suv berishni amalga 
oshiradi; 


72 
irrigatsiya tizimlari ùamda nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari bilan 
suv berish yuzasidan shartnomalar tuzadi, tizimning ichki nasos stantsiyalari va agregatlaridan 
foydalanish rejimini belgilaydi; 
umumiy suv xo’jaligi ahvolini hisobga olgan holda irrigatsiya tizimlariga suv berish 
jadvallariga tuzatishlar kiritadi; 
suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi; 
Tizimning alohida kanallari suv ta’minotini oshirishga doir takliflarni tayyorlaydi va 
amalga oshiradi; 
Umuman tizim bo’yicha suv olish va suv berish hisobini yuritadi, Tizim bo’yicha suv 
resurslari balansini tuzadi; 
magistral kanallar (tizimlar) va suv xo’jaligi inshootlari bo’yicha suv resurslari oqilona 
boshqarilishini nazorat qiladi; 
umuman suv xo’jaligi tizimidan ishonchli foydalanilishini ta’minlaydi; 
tizimni suv o’lchash qurilmalari bilan zarur miqdorda ta’minlaydi, suv resurslarini 
boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi hamda 
ularni takomillashtiradi; 
mukammal va joriy ta’mirlash bo’yicha kompleks tadbirlar tuzadi, ushbu maqsodlarga 
ajratiladigan mablag’lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlaydi. 
Ta’mirlash ishlarini arzonlashtirish va sifatini oshirish maqsadida, resurslarni tejaydigan 
texnologiyalarni, ishlarni bajarishning maqbul shakl va usullarini ishlab chiqadi va joriy qiladi; 
Tasarrufidagi kanallar tizimlarida ishlarni tashkil etishdan ilg’or tajribani, suv 
xo’jaligiga oid fan yutuqlarini ommalashtiradi; 
qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalari bilan birgalikda investitsiya 
dasturlariga kiritish uchun tizimni va inshootlarni zamonaviylashtirish, rekonstruktsiya qilish 
hamda texnika bilan qayta jihozlash bo’yicha takliflar tayyorlaydi, magistral kanal (tizim) 
bo’yicha investitsiya dasturlari bajarilishini tashkil qiladi; 
umuman irrigatsiya tizimi buyicha suv xo’jaligini istiqboli rivojlantirish sxemalarini 
tuzish bo’yicha takliflar tayyorlaydi. 
6. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega: 
O’z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan materiallarni 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish: 


73 
kelishish uchun o’ziga taqdim etiladigan suv resurslarini boshqarish bo’yicha qarorlar 
loyiùalari yuzasidan xulosalar berish; 
boshqa tizimlarda va ichki xujalik gedromeliorativ tarmoqlarda ta’mirlash ishlarini 
shartnomalar bo’yicha bajarish;
suv xo’jaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit bo’yicha foydalanish tartibi 
buzilganligi uchun aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish to’g’risida belgilangan 
tartibda taqdimnoma kiritish; 
Irrigatsiya tizimlari» havza boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan suv resurslari 
limitlariga vujudga kelgan suv xo’jaligi aùvolini hisobga olgan holda 10 foiz doirasida tuzatish 
kiritish; 
qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga ega. 
7. Boshqarmaning o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari joylardagi boshqaruv 
organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiydir. 
8. Boshqarmani tanlov asosida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligining buyrug’i bilim lavozimga tayinlanadigan boshliq boshqaradi. Tanlov Irrigatsiya 
tizimlari ùavza boshqarmasi boshlig’ining taqdimnomasiga ko’ra Suv xo’jaligi bosh 
boshqarmasi tomonidan o’tkaziladi. 
Boshliq o’rinbosarlari lavozimga Boshqarma boshlig’ining taqdimnomasiga ko’ra Suv 
xo’jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Irrigatsiya tizimlari ùavza boshqarmasi 
boshlig’ining buyrug’i bilan tanlov asosida tasdiqlanadi. 
Tanlovlarni o’tkazish tartibi Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 
9. Boshqarma boshlig’i: 
Boshqarma faoliyatiga raùbarlik qiladi ùamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va 
majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; 
Irrigatsiya tizimlari ùavza boshqarmasiga Boshqarma boshlig’i o’rinbosarlari lavozimiga 
tayinlash uchun Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan nomzodlarni taqdim etadi; 
Boshqarma apparati shtatlar jadvali bo’yicha takliflarni tasdiqlash uchun Irrigatsiya 
tizimlari ùavza boshqarmasiga belgilangan tartibda kiritadi; 
Boshqarma apparati xodimlarini, shuningdek tasarrufidagi kanallar tizimlari rahbarlarini 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlandi va 
lavozimdan ozod qiladi; 


74 
Bo’linmalar rahbarlari va mutaxassislarini tanlov asosida tayinlaydi. Tanlovni o’tkazish 
tartibi Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Boshqarma boshlig’i tomonidan 
tasdiqlanadi; 
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi: 
10. Gidrouchastkalar va gidrouzellar (yuridik shaxs maqomisiz) Boshqarmaning tarkibiy 
bo’linmalari hisoblanadi, ular o’z faoliyatini Irrigatsiya tizimlari ùavza boshqarmasi 
tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 
11. Byudjetdan ajratmalar hamda xo’jalik faoliyatidan va suv iste’molchilariga xizmatlar 
ko’rsatishdan tushadigan mablag’lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar Boshqarmani mablag’ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi. 
12. Boshqarma faoliyati qonunda belgilangan tartibda to’xtatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin