O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

3.2. Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmalarining o’rni 
 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari faoliyatini ma’muriy qishloq va suv xo’jaligi 
boshqarmalari faoliyatidan tubdan farq qilgan holda, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillari 
asosida tashkil qilish ko’zda tutilgan. Biroq, xududiy irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmalarining qisqa davrdagi faoliyatini monografik tahlil qilish natijalari ko’rsatishicha, 
ularning suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda, iste’molchilarga o’z vaqtida 
sifatli suv resurslarini yetkazib berishda va sug’orish inshootlarining unumdorligini 
oshirishdagi texnik-iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda cheklangan. Jumladan Chirchiq-
Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (kelgusida ChOITXB) Toshkent viloyati 
qishoq va suv xo’jaligi boshqarmasining «Suv xo’jaligi va melioratsiyasi» bo’limi zaminida 
tashkil etilgan. Uning tarkibiga «Toshkent magistral kanali boshqarmasi», «Bo’zsuv irrigatsiya 
tizimi boshqarmasi», «Parkent-Qorasuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Oxangaron-
Dalvarzin» irrigatsiya tizimi boshqarmasi», va «Toshkent shahar suv xo’jaligi» boshqarmalari 
kiritilgan. ChOITXB Toshkent viloyati qishloq xo’jalik korxonalariga suv yetkazib berishga 
xizmat qiladi.


64 
Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni 1565,1 ming gektarni tashkil etib, 
Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Viloyat hududida Chirchiq, Ohangaron daryolari, 
Dalvarzin, Peskent va Qo’qi Orol massivlari mavjud. Viloyatda 385,4 ming gektar 
sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladi. Viloyatning asosiy suv 
manbasi Chirchiq daryosi hisoblanib, u qor va muzliklar erishi hisobiga to’yinadi. Chirchiq 
daryosining asosiy yirik irmoqlari bo’lib Pskom, Chotqol va Kuk-su hisoblanadi. Bu 
irmoqlardan oqib kelgan suvlar Chorboq suv omboriga kelib quyiladi. Chorboq suv 
omborining suv sig’dirish qobiliyati 2 mlrd m
3
ni tashkil qiladi. 
Chorboq suv omborining quyi qismidagi daryoning o’ng qismida Ugam va chap 
qismidan Oqsoq-ota daryolari oqib kelib. Chirchiq daryosiga quyiladi. 
Viloyat sug’oriladigan maydonining 80 foizi Chirchiq daryosidan sug’oriladi. Chirchiq 
daryosining to’g’onidan boshlab to Sirdaryoga quyilishi joyigacha bo’lgan oraliqda 4 ta GES 
kaskadi joylashgan. 
ChOITXB tarkibidagi ikkinchi yirik daryolardan biri Ohangaron daryosi hisoblanadi. 
Daryo uzani bosh qismda Ohangaron va o’rta qismida Toshkent suv omborlari joylashgan. 
Ohangaron daryosi Chotqol va Ko’rama tizimlari irmoqlaridan hosil bo’lgan. Toshkent suv 
ombori hajmi 2003 yil 1-may holatiga 217,2 mln m
3
ni tashkil etgan Tahlil qilinayotgan davrda 
Ohangaron suv omborining umumiy hajmi 210 mln m
3
dan iborat bo’lib suv ustki maydoni 5,9 
mln m
2
ni tashkil etadi. 
ChOITXB viloyatdagi qishloq xo’jaligi korxonalariga suv yetkazib beradi. Bundan 
tashqarii viloyatdagi dehqon xo’jaliklari ham suv resurslari iste’molchilari hisoblanadi. Viloyat 
qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan 2005 yilda jami 385,4 ming gektar yerga, shu jumladan 
115 ming gektarga g’alla, 108 ming gektarga paxta 37,8 ming gektarga ozuqa ekinlari, 39,1 
ming gektarga ko’p yillik o’simliklar va 38,9 ming gektarga takroriy ekinlar ekilgan. 
Shuningdek, dehqonlarning 38,6 ming gektar yerlarida ham qishloq xo’jalik ekinlari 
yetishtirilgan. 
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv 
iste’molchilariga 2005 yilda jami 5392 mln m
3
suv yetkazib berilgan. Uning 3390,0 mln m

qishloq xo’jalik ekinlari sug’orish maqsadida va 1999 mln m
3
esa boshqa extiyotlar uchun 
ishlatilgan. Yetkazib berilgan jami suv resurslarining 496,8 mln m
3
o’zanlardan, 462,1 mln m
3
kichik daryolardan, 10,9 mln m
3
yer osti suvlaridan, 183,3 mln m
3
zovurlardan va 278 mln m
3
soy, buloq va oqava suvlardan tashkil topgan. Yetkazib berilgan suv resurslarining 5590 mln 


65 
m
3
tumanlar chegarasida, shu jumladan 4568 mln m
3
xo’jaliklar chegarasida va boshqa suvdan 
foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan. Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, viloyatda faqat 
Bekobod tumani xo’jaliklarigina asosan o’zan suvlaridan suv bilan ta’minlanadi. Qolgan 
tumanlarning suv manbalari bo’lib kichik daryolar hisoblanadi. Yer osti suvlaridan esa 
Bekobod va qisman Parkent tumanida foydalanishadi. 2005 yilda Bustonlig’, Bo’ka, Parkent va 
Chinoz tumanlarida zovur suvlaridan sug’orish manbai sifatida ishlatilmagan. 
Soy va oqova suvlarini suv manbai sifatida ishlatish bo’yicha esa Quyi-Chirchiq 
tumanida yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan. 
Agarda 2005 xo’jalik yilida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 
tomonidan tumanlar chegarasigacha oyma-oy sug’orish uchun suv yetkazib berish holatini 
tahlil qiladigan bo’lsak, birinchidan qishloq xo’jalik ekinlarining mavsumiyligiga qarab suv 
yetkazib berilayotganligini va rejaga ùamda belgilangan limitga asosan amalda olingan suv 
resurslari hajmining farqlanishini ko’rish mumkin yoki, qishloq xo’jalik korxonalari yerlarini 
sug’orish uchun me’yorga nisbatan suv resurslariga bo’lgan talabni ko’proq qilib 
ko’rsatmoqda, limit esa me’yordan kelib chiqib belgilansa ham haqiqiy ahvol reja va limitga 
nisbatan ko’p yoki kamni tashkil qilmoqda. 
Jumladan 2005 xo’jalik yilida hosil olish uchun 2004 yilning oktabr oyida ko’zgi 
bug’doy va takroriy ekinlar ekishga viloyat tumanlari bo’yicha jami 232,3 ming m
3
suv olish 
rejalashtirilgan. Limit esa 110 ming m
3
qilib belgilangan va amalda esa yetkazib berilgan jami 
suv hajmi rejaga nisbatan 93,2 ming m
3
kam bo’lsa, limitga nisbatan esa 215,5 ming m
3
ko’pni 
tashkil etgan. Iyul oyida suv olish holati ham tahlilga loyiq. Ya’ni iyul oyida viloyat tumanlari 
bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun 455,8 ming m
3
suv olish rejalashtirilgan
belgilangan limit esa 719,7 ming m
3
ni tashkil etgan.
Amalda esa 738,6 ming m
3
suv olingan yoki, qishloq xo’jalik korxonalarining 2005 yil 
iyul oyida ekinlarni sug’orish uchun olgan suv hajmi rejaga nisbatan 282,8 ming m
3
va limitga 
nisbatan esa 18,9 ming m

ko’pni tashkil etgan. Bunday holat barcha sug’orish oylariga xosdir. 
Qishloq xo’jalik korxonalarining sug’orish suvlarini bir gektar ekin maydoni hisobiga olish 
rejasi, belgilangan limit va amaliy ta’minlanishini tahlili yanada yaqqol ifoda qiladi.
Masalan, ChOITXB bo’yicha bir gektar ekin maydoni hisobiga 2005 yilda 9 ming m
3
suv yetkazib berish rejalashtirilgan bo’lsa, limit 7,9 ming m
3
qilib belgilangan. Amalda esa 7,3 
ming m
3
suv olingan. Bir gektar hisobiga suv olingan eng yuqori rejasi va limiti Bekobod 
tumanida (14,8:14,5 ming m
3
) eng past reja va limit O’rta-Chirchiq tumanida (6.1:5,2 ming 


66 
m
3
)-belgilangan. Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi tomonidan faqat O’rta-Chirchiq tumani 
xo’jaliklariga limit doirasida, Ohangaron, Bustonliq, va Yangiyo’l tumanlarida limitdan ortiq 
suv yetkazib berilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin