O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari foydali ishlashining koeffitsiyenti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari foydali ishlashining koeffitsiyenti 
 
Viloyatlar 
1997– 2000 yillar 
2001–2005 yillar 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
0,56 
0,56 
Andijon 
0,66 
0,66 
Buxoro 
0,58 
0,58 
Jizzax 
0,80 
0,80 
Qashqadaryo 
0,68 
0,68 
Navoiy 
0,61 
0,61 
Namangan 
0,69 
0,69 
Samarqand 
0,64 
0,64 
Surxondaryo 
0,77 
0,77 
Sirdaryo 
0,66 
0,66 
Toshkent 
0,66 
0,66 
Farg’ona 
0,64 
0,64 
Xorazm 
0,61 
0,61 
Suvning anchagina qismi xo’jaliklararo shaxobcha va kanallarida yo’qoladi. Umuman 
mamlakat bo’yicha xo’jaliklararo va xo’jaliklar ichidagi shaxobchada sug’orish manbalaridan 
olingan butun suv hajmining 40% dan ko’prog’i yo’qoladi. Shuning uchun sug’orish tizimlari 
foydali ishlash koeffitsiyentining o’sishi suv tejashining muhim rezervidir. 
Suvning shaxobchada yo’qolishi katta moddiy zarar keltiradi. Namning bevosita 
yo’qolishidan tashqari, uning shimilib ketishi yer osti suvlari ko’tarilishiga, tuproqlarni sho’r 
bosishiga, sug’oriladigan yerlar melioratsiya holati yomonlashishiga sabab bo’ladi. Bundan 
tashqari bu suvlarni sug’oriladigan uchastkalardan chetga oqizib yuborish uchun ko’p mablag’ 
sarflashga to’g’ri keladi. 
Suvning dalalarda yo’qotilishi ham sodir bo’lib turadi: bunda suvning ma’lum qismi 
ildizlar o’sadigan qatlamdan pastga shimilib, yer osti suvlariga qo’shiladi, shuningdek 
maydonlar sirtidan bug’lanib ketadi. 
Suvning umumiy yo’qolishlari tizim suvlaridan foydalanish (KIVS)ni koeffitsiyentida 
aks etadi. Bu koeffitsiyent o’simliklarning maydonlardagi suvni foydali iste’mol qilishining 
sug’orish manbalaridan olingan suv miqdoriga nisbatidir. 


49 
KIVS Ye•F Wbr 
bunda:
Ye–qishloq xo’jalik ekinlarining muayyan vaqt ichida foydali suv iste’mol qilishi, m
3
ga 
F – sug’oriladigan maydonga 
Wbr – sug’orish manbaidan olingan suv miqdori, m
3
Tizimdagi suvdan foydalanish koeffitsiyenti o’simliklar hosil yaratish uchun sug’orish 
manbaidan olingan suvning qanchasini iste’mol qilishini, [(1-KIVs)•100)] ifodasi tizim va 
daladagi suv sarfining umumiy foizini ko’rsatadi. Sug’oruv suvining umumiy yo’qolishlari 
sug’orish tizimlaridagi suvdan ularni texnika jihatdan ishlatishni yaxshilash hisobiga oqilona 
ishlatish rezervlari mavjudligini ko’rsatadi. Sug’oruv suvidan foydalanish unumdorligining 
ko’rsatkichi suvdan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko’rsatkichidir. Sug’oruv 
suvidan foydalanish unumdorligi (POV) ko’rsatkichi esa tabiiy yoki qiymat ko’rinishida (AVP) 
ishlab chiqarilgan mahsulotning sug’orish manbai (Wbr) dan olingan suvning umumiy hajmiga 
nisbati sifatida aniqlanadi. 
POV AVP Wbr 
Suv tanqis bo’lgan qurg’oqchilik rayonlarida yer maydoni gektaridan emas, balki 1 m
3
suv hisobiga eng ko’p mahsulot olish vazifasi qo’yiladi. 
Sug’oruv suvi unumdorligining ko’rsatkichi sintetik ko’rsatkichdir. U tuproqning 
mahsulot ishlab chiqarish hajmida ifodalanadigan iqtisodiy unumdorligi bilan chambarchas 
bog’liqdir. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jalik korxonalarining xo’jalik faoliyati va sug’orish 
tizimlarini ishlatish darajasini xarakterlab beradi. 
Sug’oruv suvidan oqilona foydalanish muammosi hozirgi vaqtda favqulotda ahamiyat 
kasb etmoqda. Sug’orish texnikasini takomillashtirish va mavjud tizimlarni rekonstruktsiya 
qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sug’orish tizimlarining texnika darajasini 
oshirish (tizimlarini gidrotexnika va suv o’lchagich inshootlari bilan jihozlash, kanallarga 
shimilishga qarshi qoplamalar o’rnatish, yopiq truboprovodlar qurish, sug’orishning ilg’or 
usullarini qo’llash) yer va suvdan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin