O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
 
 
2.2. Qishloq xo’jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi
Yer qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida suv bilan birgalikda 
amal qiladi. Suv esa qishloq xo’jalik mahsuloti hosil bo’ladigan muqarrar omildir. Yer optimal 
namga ega bo’lgandagina unumdor bo’ladi va yuqori hosil olinishini ta’minlaydi. Hosil 
yetishtirish uchun qaytmas tarzda sarflanadigan juda ko’p suv kerak bo’ladi. O’simlik o’sishi 
davrida har bir gektar maydon tuprog’idan minglab tonna suv atmosferaga chiqariladi. 
Mahsulot hosil bo’lishi uchun yuzlab kubometr suv o’simliklar orqali o’tib, bug’lanishi kerak. 
Masalan 1 tonna kartoshka hosili yetishtirishda, suvga ehtiyoj 1500 m
3
ni, kuzgi bug’doy 
yetishtirishda–600 m
3
ni paxta yetishtirishda 3000 m
3
ni, sholi yetishtirishda 13500 m
3
ni 
tashkil etadi. 
Madaniy o’simliklar me’yorda rivojlanishi uchun tuproqning o’sish davridagi namligi 
70-75% ni tashkil qilish kerak. Hududning katta qismida esa bundan anchagina pastdir. Tuproq 
namligining kamligi yoki ortiqchaligi qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi darajasiga salbiy 
ta’sir etadi. Tuproq suv rejimini tuproq aktiv qatlamida namlik aktiv balanslarini hosil qilish va 
uni butun o’sish davrida saqlab turishga qaratilgan melioratsiya tadbirlari yordamidagina 
tartibga solib turish mumkin. Tuproq suv rejimining to’la tartibga solinadigan turini texnologik 
jihatdan mukammal sug’orish tizimlarigina ta’minlay oladi. 


47 
Qishloq xo’jaligida sug’oruv suvidan foydalanish yerdan foydalanish bilan uzviy 
bog’liqdir. Suvning iste’mol qiymati sug’orma dehqonchilikning pirovard natijalari hisobga 
olingan holdagina ko’rib chiqilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositasi bo’lgan suvning qiymati 
ishlab chiqarish jarayonidan ajratilsa yo’qoladi. 
Sug’orish manbalaridan olingan sug’oruv suvi o’z xususiyatiga egadir. Bu suv 
belgilangan muddatda va kerakli miqdorda muayyan uchastkaga yuborilishi kerak. Bu 
shartlarni bajarmaslik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Sug’oruv suvidan foydalanish samaradorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik vazifa 
hisoblanadi. Suv resurslaridan samarali foydalanishning mohiyati kam xarajatlar bilan sug’oruv 
suvi burligiga eng ko’p mahsulot olishdadir. Bunga turli xil texnologik, tashkiliy va iqtisodiy 
tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan erishiladi. 
Sug’orma dehqonchilikda suvdan foydalanish samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar 
xarakterlab beradi. 
- sug’orish tizimining foydali ishlashi koeffitsiyenti 
- sug’orish tizimida suvdan foydalanish koeffitsiyenti 
- sug’oruv suvining unumdorligi 
Qishloq xo’jaligida suvning ko’pgina qismi qaytmas tarzda sarflanishi qayd qilib o’tildi. 
Suvning qaytmas tarzda iste’mol qilinishi sabablaridan biri uning irrigatsiya tizimlarida 
shimilishi va bug’lanishi natijasida yo’qotilishidir. Bu yo’qotilishlar iste’mol qilinadigan 
hamma suvning 20-25%ni, goho esa 40% ni tashkil etadi.
Suvning yo’qotilishi sug’orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyenti (KPD)da aks etadiki, 
bu maydonga oqib boradigan suvning (Wn-t) muayyan davr (dekada, oy, o’sish davri) ichida 
sug’orish manbalaridan (Wbr) olingan suv miqdoriga nisbatidir. 
KPDs Wnt
/
Wbr 
Suv olish hajmi bilanberilgan suv o’rtasidagi farq shimilishi va bug’lanishga ketgan 
yo’qotishlarni tashkil etadi. [(1-KPD)*100] ifodasi bo’yicha tizimdagi suv yo’qotishlar foizi 
aniqlanadi. 
Sug’orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyentiga xo’jaliklararo shaxobcha (KPD m.x.) 
va xo’jalik ichidagi shaxobcha (KPDvx) kiradi va bu ifoda quyidagicha aniqlanadi. 
КPDvх
КPDmх
КPD
*
Foydali ishlash koeffitsiyenti sug’orish tizimining texnika darajasi, tuproq xarakteri, 
relef va hokazolarga bog’liq bo’ladi. U har bir tizim uchun yil davomida o’zagarib turadi. 


48 
Bunda u yerli o’zanlarda kanallari bo’lgan va gidrotexnik ishnootlar bilan kam 
jihozlangan sug’orish tizimlarida ancha ko’p tebranib turadi. 
Respublika viloyatlari bo’yicha sug’orish tizimlari xo’jaliklararo shaxobchasining 
haqiqatdagi k.p.d. si ko’rsatkichlari 2.3-jadvalda keltirilgan. 
2.3-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin