O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini tashkil qilish va ularning qishloq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

3.5. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini tashkil qilish va ularning qishloq 
xo’jaligini rivojlantirishdagi o’rni 
Sho’rolar davrida 
davlat xo’jaliklarida kolxozlarda keyinchalik 
mustaqil 
O’zbekistonimizda 2003 yilgacha shirkatlarda qishloq xo’jalik ekin dalalarini suv bilan 
ta’minlash maqsadida maxsus irrigatsiya bo’limi tashkil qilingan bo’lib, uni xo’jalik bosh 
irrigatori boshqaror edi. Bosh irrigator tuman xo’jaliklararo kanallari orqali xo’jalik hududiga 
yetkazib berilgan suvga to’liq xo’jayin hisoblanib uning rahbarligida uchastka gidrotexniklari 
va muroblar faoliyat ko’rsatar edi. Ularning asosiy vazifasi xo’jaliklarning uchastkalariga va 
brigadalarga suv yetkazib berishdan iborat edi. Hozirgi kunga kelib suv xo’jaligini 
boshqarishning hududiy tizimi tugatilib havzaviy boshqarish usuliga o’tilgandan keyin 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibida magistral kanallar boshqarmasi, 
irrigatsiya tizimlari boshqarmasi va iste’molchilarga suv taqsimlab beruvchi gidropostlar 
tashkil etildi. Gidropostlar tomonidan taqsimlab berilgan suvlarni asosan suvdan 
foydalanuvchilar uyushmalari va qisman bevosita suv iste’molchilari (fermer va boshqa 
iste’molchilar) qabul qilib oladigan bo’ldi. 2006 yilning oxiriga kelib Respublikada shirkatlar 
to’gatilib 185 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil qilindi. Fermer xo’jaliklarini suv bilan 
ta’minlashini yaxshi yo’lga qo’yish uchun yoppasiga suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini 
to’zish boshlandi. 


75 
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) bir yoki bir necha kanal atrofidagi suvdan 
foydalanuvchilarning xoxish irodasi Bilan to’ziladigan va ular tomonidan boshqariladigan 
nodavlat, notijorat tashkilotdir. Suvdan foydalanuvchilar fermer va dehqon xo’jaliklari yoki 
tomorqa egalari bo’lib adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-zovur tarmoqlaridan samarali 
foydalanishni yo’lga qo’yish orqali uyushma xududida sug’orma dehqonchilikni 
rivojlantiradilar va buning uchun o’zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini 
birlashtiradilar. SFU ga birlashmagan suvdan foydalanuvchilar quyidagi muammolarga duch 
kelishlari mumkin: 1) Yagona teng xuquqli suv taqsimlash tizimi yo’lga qo’yilmaganligi bois 
suvdan foydalanuvchilar o’rtasida suv uchun doimiy ziddiyatlar vujudga keladi. 2) Irrigatsiya-
zovur tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan 
mablag’larining yetishmasligi tufayli ularning holati yomonlashib boradi. 3) Suv resurslaridan 
oqilona foydalanmaslik suvning keskin kamayish xavfini keltirib chiqaradi va kelajakda 
ekologik vaziyat yanada og’irlashadi. 
SFU ni tashkil qilinishi o’z a’zolari bo’lgan suvdan foydalanuvchilarga sug’orish 
tarmog’idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish 
imkoniyatini beradi. Suvdan foydalanuvchilar SFU ning moliyaviy boshqaruvini oshkara 
tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu qishloq xo’jalik 
maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan holda nafaqat suv xo’jaligi, balki qishloq 
xo’jaligi bilan bog’liq umumiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Bundan 
tashqarii suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi 
oshishi fermerlarda ertangi kunga yanada ishonch o’yg’otadi. 
SFU tuzish uchun uyushmaning bo’lajak a’zolaridan iborat tashabbuskor gurux zaruriy 
xujjatlarni tayyorlaydi. Ushbu gurux SFU ning ta’sis xujjati va ustov loyixasini a’zolarning 
takliflarini hisobga olgan holda tuzadi va buning uchun fermerlar orasida tushuntirish ishlarini 
olib boradi. Ta’sis xujjatlari SFU ning ta’sis shartnomasi va ustavidan iborat. 
Ta’sis shartnomasi SFU ning ta’sis etishga asos bo’ladigan xujjat bo’lib, uyushmaning 
xuquqiy maqomi, rasmiy nomi, ta’sischilar ro’yxati, maqsad va vazifalarining qisqacha 
sharxidan iborat. Ta’sis shartnomasi SFU ta’sischilarining barchasi tomonidan imzolanadi.
SFU tuzish uchun zarur bo’ladigan xujjatlar namunasi mavjud bo’lib, ular uyushmani 
tuzish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtirishga yordam beradi. Shuni alohida qayd etish 
kerakki, uyushmani tuzish jarayonida o’z manfatini ifodalash uchun har bir a’zoning ishtiroki 
zarur bo’lib bu SFUning ta’sis sharnomasi va ustovida irrigatsiya-zovur tarmoqlarini saqlash va 


76 
boshqarishning mahalliy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda 
ifodalanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng tashabbuskor gurux bo’lajak SFUning ta’sis 
shartnomasi va ustavini salohiyatli a’zolar ishtirokida muhokama qilish va tasdiqlash uchun 
umumiy yig’ilish chaqiradi. Ta’sis xujjatlari tasdiqlaganidan so’ng uyushma a’zolari yoki 
suvdan foydalanuvchilar guruxi vakillari SFU kengashi va taftish komissiyasiga nomzodlar 
ro’yxatini tuzadilar. Uyushma a’zolari yoki suvdan foydalanuvchilar guruxi vakillari umumiy 
yig’ilishda Kengash va Taftish komissiyasini saylaganlaridan so’ng kengash a’zolari barcha 
uyushma a’zolari nomidan SFU boshqaruvchisini tayinlaydilar. 
SFUning suvdan foydalanuvchilar guruxi vakili umumiy yig’ilishlarda ma’lum bir 
uchastkadagi suvdan foydalanuvchilar nomidan ularning manfaatlarini himoya qiluvchi 
saylangan shaxs hisoblanada. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin