42
Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo’lib, suv resurslari
umumiy mintaqalari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy
qismi daryolar suviga to’g’ri keladi. Daryolar suvining o’rtacha ko’p yillik kattaligi yiliga 126
mlrd m
3
ni tashkil etadiki, bu kishi boshiga yiliga 17 ming m
3
suv to’g’ri keladi. Suvlarning
ko’pgina resurslari yirik tog’ muzliklari va yer osti havzalaridadir. Chuchuk va kam mineralli
yer osti suvlarining ishlatiladigan resurslari 65 km
3
dir.
Lekin suv resurslari Orol dengizi hududida juda notekis taqsimlangan. Ularning 80% ga
yaqini hozircha kam o’zlashtirilgan va qishloq xo’jaligi tabiiy yog’inlar hisobiga rivojlana
oladigan tog’li sharqiy rayonlarga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda aholi sanoat va qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishning 80% joylashgan g’arbiy va janubiy rayonlargi suv resurslarining 12%
igina to’g’ri keladi.
Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligini intensivlash darajasining yuksalishi, aholi
sonining o’sishi bilan chuchuk suv iste’moli yil sayin oshib bormoqda. 1950 yilda umumiy suv
olish mamlakat bo’yicha 40 km
3
ni tashkil etgan bo’lsa, 1960 yilda 50 km
3
ni. 1970 yilda 55
km
3
ni, 1980 yilda 57 km
3
ni, 1985 yilda 60 km
3
ni, va 2002 yilda esa 56 km
3
ni tashkil etdi.
Suv sarfi jadal sur’atlarda ko’payib bormoqda, 50 yil ichida u 1,5 marta o’sdi. Yaqin kelajakda
suvga bo’lgan ehtiyoj yanada oshadi.
Viloyatlar bo’yicha aholi jon boshiga va qishloq xo’jalik yerlari birligiga hisoblaganda
suv resurslari bilan ta’minlanganlik 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval
Dostları ilə paylaş: