O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Asosiy va aylanma fondlarining iqtisodiy farqlari quyidagilardan iborat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Asosiy va aylanma fondlarining iqtisodiy farqlari quyidagilardan iborat: 
 
Belgilar 
Asosiy fondlar 
Aylanma fondlar 
Xizmat qilish muddati 
Ko’p ishlab chiqarish sikllarida 
qatnashadi 
Bitta ishlab chiqarish sikllarida 
ishlatiladi. 
Qiymatining tayyor 
mahsulotiga utishi 
Eskirgan sari o’z qiymatini tayyor 
mahsulotga o’tkazadi. 
O’z qiymatini tayyor mahsulotga 
to’la va darxol o’tkazadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida 
tabiiy shakli saqlanib 
qolishi. 
Ishlab chiqarish jarayonida o’z 
tabiiy shaklini saqlab qoladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida o’z 
tabiiy shaklini yo’qotadi, uni 
o’zgartiradi. 


86 
Suv-melioratsiya xo’jaligining asosiy fondlariga gidrotexnika inshootlari, mashinalar, 
uskunalar, binolar, transport vositalari, uzatish qurilmalari, instrumentlar, ishlab chiqarish 
inventari va boshqa asosiy vositalar kiradi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ishlab 
chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadi. Noishlab chiqarish 
asosiy fondlari ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydi, lekin xodimlarning maishiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Ularga uy-joylar, maktablar, bolalar 
bog’chalari, davolash muassasalari, klublar va boshqa madaniy–maishiy binolar hamda 
inshootlar kiradi. 
Asosiy fondlarga korxona balansiga yozilgan mehnat vositalarigina kiradi. Qurilishga 
keltirilgan mashina va uskunalar asosiy fondlarining ishlab chiqarish zahiralari tarkibida 
bo’ladi. Bu ishlab chiqarish vositalarining qiymati ular o’rnatilgan va ishga tushirilgandagina 
asosiy fondlarga kiritiladi. 
Aylanma fondlariga, xom ashyo, yoqilg’i, yarim fabrikatlar, materiallar, tugallanmagan 
ishlab chiqarish va boshqa mehnat predmetlari kiradi. Rejalashtirish va uchyotni 
soddalashtirish uchun xizmat muddati bir yildan ko’p bo’lgan predmetlar o’z qiymatidan qat’iy 
nazar, shuningdek birlik qiymati 50 minimal ish haqidan ortiq bo’lgan predmetlar asosiy 
fondlarga kiritiladi, lekin birligining qiymati 50 minimal ish haqidan kam bo’lgan barcha 
predmetlar ham oborot fondlariga kiritilavermaydi. 
Qiymatdan qat’iy nazar asbob-uskuna, inventar, kutubxona fondi, musiqa asboblari
sport inventari, mebel va ayrim boshqa predmetlar asosiy fondlarga kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy va oborot fondlari birgalikda qatnashgandagina sodir 
bo’lishi mumkin. Bu fondlarning birligi va ularning o’zaro birgalikdagi harakati ishlab 
chiqarishning zarur shartidir. 
Ishlab chiqarish fondlari doimo harakatda, doiraviy oborotda bo’ladi, pul shaklidan 
ishlab chiqarish shakliga o’tib turadi, keyin tovar shakliga va yana pul shakliga o’tadi va 
hokazo. 
Asosiy fondlar ucheti tabiiy va qiymat ko’rinishida olib boriladi. Asosiy fondlar 
qiymatining quyidagi turlari farq qilinadi; dastlabki, tiklash, qoldiq va tugatish qiymatlari. 
Dastlabki qiymat asosiy vositalar ishga tushirilayetganda ularga haqiqatda qilingan 
xarajatlardir. Bu qiymat binolar yoki inshootlarni qurilishi va montaj qilish qiymatidan hamda 


87 
uskunalar sotib olish qiymatidan tarkib topgan, bunga tashib keltirish va montaj qilish 
xarajatlari ham kiradi. Mashina va uskunalar uchun dastlabki qiymat ulgurji bahodan hamda 
tashib keltirish va montaj qilish xarajatlaridan tarkib topadi. 
Asosiy fondlar dastlabki qiymati rekonstruktsiya bo’yicha xarajatlar summasiga, ob’ekt 
qisman yo’q qilinganda esa, yo’q qilinayetgan qism qiymatiga, asosiy fondlar qayta baholashni 
summasiga o’zgarishi mumkin. 
Asosiy fondlarning dastlabki qiymat bo’yicha, ayniqsa bir qancha yillardagi 
dinamikasidagi ucheti ayrim, kamchiliklarga egadir. Kapital ko’rilishidagi smeta baholari va 
sanoatning ulgurji baholari vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Natijada turli vaqtda ishga 
tushirilgan fondlar qiyoslanib bo’lmaydigan dastlabki qiymatiga ega bo’ladi. Bu esa ularni 
qayta baholash zaruriyatini tug’diradi. 
Asosiy fandlarni qayta baholash, tiklash qiymati bo’yicha o’tkaziladi, bu qiymat esa ularni 
hozirgi baholarda va ishlab chiqarish sharoitida turli takror ishlab chiqarish qiymatini xarakterlaydi. 
Qayta baholash asosiy fondlar dastlabki qiymatning turli xil ko’lamlariga barham beradi va ularning 
baholanishga qobiliyatini ta’minlaydi.
Asosiy fondlarni qayta baholash hukumatning maxsus qarori asosida o’tkaziladi. U 
ancha murakkab va sermehnat ishdir. Melioratsiya fondlari birinchi marta 1950 yilda suv 
xo’jaligi tizimlari va inshootlarni pasportlashtirish vaqtida o’tkazilgan edi. 1960 yilda fondlar 
halq xo’jaligini barcha tarmoqlari bo’yicha qayta baholanadi. 
Xo’jalik hisobi asosida ishlovchi korxonalarning asosiy fondlari 1972 yil 1 yanvardagi 
holati bo’yicha davlat byudjeti muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan suv xo’jaligi 
muassasalari va tashkilotlarining asosiy fondlari 1973 yil 1 yanvardagi xolati bo’yicha qayta 
baholanadi. Qayta baholashga 1967 yildagi ulgurji baholar, shuningdek qurilishda 1969 yilda 
joriy etilgan smeta me’yorlari, baholar va takliflar asos qilib olinadi. Shunday qilib 1971-1972 
yillarda butun halq xo’jaligi ko’lamida asosiy fondlar bosh inventarizatsiyasi va qayta 
baholanishi o’tkazildi. 
Fondlar buxgalteriya hujjatlarida hisobga olinadigan qiymat balans qiymati deb ataladi. 
U qayta baholangan fondlar uchun tiklash qiymati hamda qayta baholanmagan fondlar uchun 
dastlabki qiymat bo’lishi mumkin. 
Joriy uchyotda asosiy fondlar qoldiq qiymati aniqlanadi. U dastlabki yoki tiklash 
qiymati bilan asosiy fondlar amortizatsiya ajratmalari summasi o’rtasidagi farqni tashkil etadi. 
Asosiy fondlardan ularni tugatish xarajatlari chiqarib tashlangan holda foydalanib bo’lingandan 
keyin saqlanib qolgan inshootlar, mashinalar, moddalar, detallar, material qismlari qiymati 


88 
asosiy fondlar tugatish qiymati deb ataladi. Melioratsiya fondlarining, kichikroq tuproq va 
beton gidrotexnik inshootlarining bunday qiymati umuman yo’q. 
Suv melioratsiya xo’jaligining asosiy fondlari o’z funktsional vazifasi va xizmat 
muddatlariga ko’ra farqlanadigan ko’pdan-ko’p moddiy moddalardan iboratdir. Ular tabiiy 
buyumlilik belgilari bo’yicha guruhlanadi. 
Suv xo’jaligi tashkilotlari va qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy fondlar halq 
xo’jaligi tarmoqlari uchun qabul qilingan umumiy klassifikatsiyasiga ko’ra hisobga olinadi. 
Moliya vazirligi va markaziy statistika boshqarmasining 1985 yilda qabul qilingan tipovoy 
klassifikatsiyasiga ko’ra asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: binolar, 
inshootlar, uzatish qurilmalari, mashina va uskunalar, transport vositalari asboblar, ishlab 
chiqarish inventari, ishchi va mahsuldor hayvonlar ko’p yillik ko’chatlar, yerlarni yaxshilashga 
sarflangan kapital xarajatlar, boshqa asosiy fondlar. 
Qishloq xo’jalik korxonalari va suv xo’jalik tashkilotlarining umumiy ishlab chiqarish 
fondlaridan funktsional vazifasiga ko’ra melioratsiya fondlari ajratiladi. 
Sug’orish manbaidan suv olish va uni sug’orish uchun dalaga berish sug’orma dehqonchilik 
melioratsiya fondlarining bevosita funktsiyalaridir. Melioratsiya fondlari suv resurslaridan 
foydalanish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Melioratsiya fondlari, o’zining farqlanuvchi xususiyatiga egadir. Bu xususiyati shundan 
iboratki, ishlab chiqarishning bu vositalari lokallashadi., yerning muayyan uchastkasi bilan 
tutashib ketadi, hamda shu uchastkadagina amal qilish mumkin. Ular yer va suv bilan 
birgalikdagina: suv inshootlari-yer sxemasi bo’yicha amal qiladi. Shuning uchun melioratsiya 
fondlarining samaradorligi mazkur uchastka unumdorligi va qishloq xo’jalik fondlaridan 
oqilona foydalanish bilan belgilanadi. 
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, xizmat muddati uzoq bo’lib, sekin yangilanib 
turadigan tuproq, beton va tosh inshootlar ko’rinishidagi melioratsiya fondlari ko’pdir. Bu xol 
suv xo’jaligi tadbirlari loyihalanayotganda uzoq muddatli istiqbol hisobga olinishini taqazo 
etadi. 
Uchinchi xususiyati shundaki, melioratsiya fondlari serkapital mablag’ bo’lib, juda 
qimmatdir. Bu esa kapital mablag’ sarflarining ancha chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi. 
To’rtinchi xususiyati shundan iboratki, qishloq xo’jaligida suv iste’mol qilishning 
yagona texnologik jarayonini ta’minlaydigan melioratsiya asosiy fondlari ikki xo’jalik-qishloq 


89 
va suv xo’jaligi boshqarmasi va qishloq xo’jalik korxonalari ixtiyeridadir. Bu esa melioratsiya 
fondlaridan foydalanishni va ular ucheti masalalarini murakkablashtiradi. 
Hozirgi vaqtda melioratsiya fondlarining puxta klassifikatsiyasi yo’q. Ular qaramligiga 
ko’ra xo’jaliklararo va ichki xo’jalik melioratsiya fondlariga bo’linadi. Xo’jaliklararo 
melioratsiya fondlari davlat tizimlariga qarashli bo’lib, ichki xo’jalik melioratsiya fondlari 
qishloq xo’jalik korxonalari balansida turadi. 
Pasportlashtirish paytida suv xo’jaligi tashkilotlarining asosiy fondlari quyidagi 
guruhlar bo’yicha hisobga olindi: 
-davlat sug’orish (sug’orish-suv chiqarish) tizimlari; 
-zovurlar tizimlari; 
-suv omborlari; 
-boshqa inshootlar; 
-aloqa vositalari, foydalaniladigan yo’llar, binolar; 
-xo’jalik sug’orish tizimlari. 
Melioratsiya tizimlari ishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibi boshqa tarmoqlardan 
ancha farq qiladi. Bu yerda asosiy fondlarning 60-80% gidrotexnik inshootlar va kanallarga 
to’g’ri keladi. Mashina va uskunalarga 10 dan 20% gachasi to’g’ri keladi, ularning ulushi 
muttasil ortib bormoqda. 
Melioratsiya fondlari tarkibiga tizimning texnika darajasi, tabiiy sharoitlar, avvalo, geografik 
va gidrogeologik sharoitlar katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, suv mashinalar yordamida ko’tarib 
beriladigan sug’orish mintaqasida nasos stantsiyalari va qurilmalari, sug’orishning tog’li rayonlarida 
suv tashishni yaxshilashga yordam beradigan tarnovlar, suv tushirgichlar, akveduklar katta ulushni 
tashkil etadi.
Melioratsiya fondlarining asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishdir. 
Melioratsiya fondlari ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo’jalik fondlari bilan birgalikda amal 
qilishi tufayli dehqonchilikning pirovard samarasi qo’llaniladigan barcha ishlab chiqarish 
vositalarining qo’shib ishlatilishga bog’liq bo’ladi. Sug’oriladigan yerlarda dehqonchilikni 
intensivlash qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirishni talab 
qiladi. 
Melioratsiya va qishloq xo’jalik fondlarining nisbati xo’jaliklarda turlichadir. 
Melioratsiya va qishloq xo’jalik fondlarining ulushli hajmlari va ular o’rtasidagi nisbat 
quyidagi omillar bilan belgilanadi: tabiiy sharoitlar, suv olish va uni tashish usullari, suv 
chiqarish texnikasi, xo’jalikning ixtisoslashishi, qishloq xo’jalik korxonalari moddiy texnika 


90 
bazasining darajasi va hokazo. Jami qishloq xo’jalik va melioratsiya fondlari ulushli hajmlari 
turli sug’orish tizimlari bo’yicha tebranib turadi. 
4.1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin