Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#163019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hisob grafik ishga malumotnoma





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari" mutaxassisligi 2-bosqich 7-guruh talabasi: Foziljonov Nodirjonning


Geologiya va Gidrogeologiya fanidan
GEOLOGIK XARITALAR VA KESIMLAR TUZISH USULLARI.


Hisob grafik ishi
Toshkent-2023
GEOLOGIK XARITALAR VA KESIMLAR TUZISH USULLARI.

Geologik xarita deb yer yuziga chiqqan tog’ jinslarini gorizontal yuzada kichraytirilgan masshtabda shartli belgilarda, indekslarda, ranglarda, tarkibini, yoshini, yotish sharoitini, tarqalish maydonlarini grafik usulda tavsiflovchi tarxga chizmaga aytiladi.


Geologik xarita, yer qobig’ini yuza qismining geologik tuzilishi haqida tushuncha beradi.
Yerning ichki qismi tuzilishini esa, geologik kesim aks ettiradi. Geologik xarita va kesimlar yerimizning tuzilishi to’g’risidagi barcha bilimlarimizni mujassamlashtiruvchi g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lgan xujjat hisoblanadi. Geologik xaritalar hududning geologik tuzilishining murakkabligiga va xaritadan ko’zlangan maqsadga muvofiq turli xil masshtabda tuziladi. Mayda masshtabli geologik xaritalar, masshtabi 1:500000 va undan kichik. O’rta masshtabli geologik xaritalar, masshtabi 1:200000 va 1:100000. Yirik masshtabli xaritalar, masshtabi, 1:10000 va undan katta.
Geologik xaritalar mazmun jihatidan stratigrafik (tog’ jinslarini yoshini aks ettiruvchi) va litologik (tog’ jinslarining tarkibini aks ettiruvchi) turlarga bo’linadi. Agar xaritalarda tarqalgan tog’ jinslarining yoshi va tarkibi birgalikda tasvirlansa uni geologo-litologik xaritalar deb yuritiladi. Yerlarni injener-geologik sharoitini ko’rsatuvchi injener-geologik xaritalar, yer xaritalar, yer qobig’ining tuzilishini (strukturasini) aks ettiruvchi tektonik xaritalar va boshqalar ham geologik xaritalar toifasiga kiradi.
Geologik xaritalar topografik asosda geologik s'yomka natijalaridan foydalanib tuziladi.
Geologik s'yomka jarayonida turli xil tog’ jinslarining yer yuziga chiqqan joylari (tabiiy ochilmalar) o’rganiladi. Har bir tabiiy ochilmada tog’ jinslarining yotish sharoiti, yotish elementlari, petrografik nomi, tarkibi, tarqalish chegaralari o’rganiladi, ulardan namunalar olinadi va shartli belgilarda topografik xaritaga tushiriladi. Dala ishlari mobaynida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash yo’li bilan tumanning geologik xaritasi tuziladi. Odatda tog’li tumanlar uchun tub tog’ jinslarining xaritasi tuziladi. Chunki unda tub tog’ jinslarini qoplovchi to’rtlamchi davr yotqiziqlarining xaritasi tuziladi.
Geologik xaritalarda tekis chiziqlar bilan turli tarkibdagi va yoshdagi tog’ jinslarining chegarasi, ranglar va indekslarda (belgilar) tog’ jinslarining yoshi (geoxronologik jadvaldan foydalanib), shtrixovkalarda tog’ jinslarining tarkibi ko’rsatiladi.
1-jadval

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin