Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə3/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hisob grafik ishga malumotnoma

Bu jarayonlar natijasida yer yuzasida uzoq vaqt mobaynida (o’n, yuz, ming yillar) nisbatan tor, katta uzunlikka ega bo’lgan, buralgan yuqori oqimdan quyi oqim tomon qiyalangan, atrofdagi yuzalarga nisbatan past joylashgan daryo vodiylari hosil bo’ladi.


Daryo vodiysining shakllanishi bir necha bosqichni (fazani) o’z ichiga oladi:
1. Chuqurlama eroziya bosqichida daryo o’z tagidagi tub tog’ jinslarini yoki ilgari o’zi hosil qilgan yotqiziqlarini yuvadi. Bu jarayon daryo vodiysi rivojlanishining dastlabki davrida asosiy hisoblanadi, chuqurlama eroziya esa daryo quyilayotgan havzani yuza sathi balandligi bilan bir xil bo’lishiga intiladi. Daryo quyilayotgan havzaning (dengiz, ko’l) sath balandligi uning eroziya bazisi deyiladi. Daryo o’z tagini chuqurlatib borgani sari uning nishabi kamayib boradi hamda oqim tezligi va eroziya pasayadi va daryo asta-sekin o’zining muvozanat kesimini shakllantirib boradi.
2. Yonlama erroziya bosqichida daryo muvozanat kesimini egallaganidan so’ng, chuqurlama erroziya yonlama eroziya bilan almashinadi va vodiy "U" shaklini egallaydi. Daryo o’zani keng vodiyning asosida (tagida) uzun tasmasimon ko’rinishda buralib joylashadi va daryo suvlari o’z yotqiziqlarini (cho’kindilarini, loyqalarini) yotqiza boshlaydi. Bu yotqiziqlar allyuvial yotqiziqlar deyiladi.
3. Vodiyning allyuvial yotqiziqlar bilan to’ldirilish bosqichi yonlama erroziya bosqichi bilan bir vaqtda boshlanadi. Bu bosqichda oqar suvlarning errozion faoliyati o’zan nishabligi juda kichik bo’lganligi sababli deyarli to’xtaydi va vodiy allyuvial yotqiziqlar bilan to’ldiriladi va atrof relef tekislik holatini egallaydi.
Hosil bo’lgan tekislik yuzalari erroziya bazasiga nisbatan biroz ko’tarilgan bo’ladi, shuning uchun daryoning faoliyati deyarli to’xtaydi va daryo meandralar hosil qilib sekin harakatlanadi va eski daryo o’zanlarini hosil qiladi.
Daryo vodiysi relefi shakllanishining chuqurlama erroziya, yonlama erroziya, cho’kindi yotqizish va keng yassi yuzali tekislik hosil qilinguniga qadar o’tgan vaqtni to’liq errozion sikl deb ataladi. Errozion sikllar daryo vodiysi rivojlanishi tarixida bir necha marta qaytarilishi mumkin va har bir errozion siklni alohida o’ziga xos yuzaga, balandlikka, yotqiziqlarga ega bo’lgan terrasa aks ettiradi.
Daryo vodiysining rivojlanish rejimi yer qobig’ining yangi tektonik harakatlanishi bilan buzilishi mumkin.
Daryo vodiysi shakllanishining biror bir bosqichida erroziya bazisi ko’tarilsa daryo bo’ylama yo’nalishidagi nishablik kamayadi, oqimning yuvish kuchi pasayadi, daryo vodiysi yotqiziqlar bilan to’ldiriladi va birlamchi qayir shu yotqiziqlar bilan yopilib qoladi. Agar erroziya bazisi pasaysa butun daryo havzasi yangi errozion siklga kiradi, bo’ylama profilning nishabligi ortadi va daryo suvlari avval hosil bo’lgan yashiksimon yassi vodiy ichida yangi "V" shaklli vodiyni shakllantiradi. Vaqt o’tishi bilan tektonik harakatlarning sekinlashuvi natijasida daryo bo’ylama profilining nishabi kamayib boradi, yonlama erroziya kuchayib boradi va u o’z navbatida vodiyning kengayishiga hamda yangi allyuvial jinslar bilan to’ldirilishiga olib keladi. Ya'ni avvalgi qayir ichiga joylashgan yangi qayirni hosil qiladi. Yuqoriroq balandliklarda joylashgan avvalgi qayirdan yangi hosil bo’lgan qayir chegaralari bo’ylab tasmasimon cho’zilgan yuzalar qoladi. Daryoda suv toshqini vaqtida suv bosmaydigan avvalgi qayirni qayir usti terrasalari deyiladi.
Demak, qayir usti terrasasi avvalgi errozion siklda qayir bo’lgan ekan. Daryo erroziyasi bazisining ko’p marotaba pasayishi yoki yuqori oqimning ko’tarilishi natijasida daryo vodiysi qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan, zinapoyalar ko’rinishida joylashgan qayir usti terrasalari tizimi hosil bo’ladi. Eng baland qayir usti terrasasi eng qadimgisi va pastdagisi esa yoshi hisoblanadi (5-rasm). Terrasalarga pastdan yuqoriga qarab tartib raqami beriladi, eng pastdagisi birinchi qayir usti terrasasi, eng undan yuqoridagisi ikkinchi qayir usti terrasasi deb nomlanadi va h.k. (5-rasm).
Ikki qirg’oqda bir xil balandlikda joylashgan terrasalar teng yoshli hisoblanadi. Har bir terrasada ularning yuzasi, kengligi va balandligi ajratiladi va bu elementlar o’lchanadi. Terrasalarning elementlari ikkala qirg’oqda o’xshash yoki bir-biridan farqlanishi mumkin. Terrasalarning soni, balandligi, kengligi va litologik tarkibi, relefi daryo suvi oqimining sarfiga, vodiyning geologik tuzilishiga, havzaning tektonik rejimiga va boshqalarga bog’liq.

T uzilishi jihatidan terrasalar akkumlyativ, errozion-akkumlyativ va errozion turlarga bo’linadi. Akkumlyativ terrasalar to’liqligicha allyuvial yotqiziqlaridan, errozion-akkumlyativ terrasalar yuqorisida allyuvial tog’ jinslaridan, asosi esa tub yotqiziqlaridan hamda errozion terrasalar faqat tub tog’ jinslaridan tashkil topadi. Akkumlyativ terrasalar allyuvial yotqiziqlar ichiga yoki tub jinslar ustiga qo’yilgan turlarga bo’linadi. Allyuvial tog’ jinslarining yoshi ko’p hollarda ustida joylashgan terrasaning yoshiga mos keladi.


Geologo-gidrogeologik kesimni tuzish uchun yotqiziqlarning granulometrik, mineralogik tarkibiga, rangiga, jins donalarining shakliga, yotish sharoiti va qalinligiga e'tibor beriladi hamda terrasalar ostidagi litologik tuzilish va tarkib taqqoslanadi.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari" mutaxassisligi 2-bosqich 7-guruh talabasi: Foziljonov Nodirjonning



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin