Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə6/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
hisob grafik ishga malumotnoma

2. Kimyoviy tahlil to’g’ri bajarilganligini tekshirish.
Kimyoviy tahlil xatosi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.

bu erda: va -anionlar va kationlar yig’indisi mg-ekv/l da ommaviy o’tkaziladigan gidrokimyoviy tahlillar uchun yo’l qo’yilgan xato suvning mineralizatsiyasiga bog’liq quyidagi miqdordan oshmasligi kerak.












4-jadval

Suvning mineralizatsiyasi, anionlar yig’indisi, mg-ekv/l.
xato nisbiy foizda
> 15
5 – 15
3 – 15
< 3
> 2
2 – 5
5 – 10
aniqlanmagan

Bu:


Misol tariqasida ko’rilayotgan variantda suvning mineralizatsiyasi (anionlar yig’indisi) mg-ekv/l da 9,76 ga teng bo’lganligi uchun hisoblangan xato 3 foizga teng, demak tahlil to’g’ri o’tkazilgan.


3. Yer osti suvini quruq qoldig’i (mineralizatsiyasi) bo’yicha tavsiflang.
Suvning tarkibidagi mineral moddalarning umumiy miqdori (mg/l yoki g/l) uning mineralizatsiyasini tavsiflaydi. Suvning mineralizatsiyasini aniqlash uchun 1 litr suv bug’lantiriladi va qolgan quruq qoldiq miqdori mg/l yoki g/l bo’yicha aniqlanadi.
Suvni ana shu ko’rsatkichi bo’yicha tavsiflash uchun akad.V.I.Vernadskiy taklif qilgan tasnifnoma qo’llaniladi. Shu tasnifnomaga muvofiq tabiatdagi suvlar quyidagi 5 ta sinfga bo’linadi:
1. Chuchuk suvlar – 1 g/l gacha,
2. Sho’rroq suvlar – 1-3 g/l,
3. Sho’r suvlar – 3-10 g/l,
4. O’ta sho’r suvlar – 10-35 g/l,
5. Namokop suvlar – 35 g/l. dan yuqori.

V.I.Vernadskiy tasnifnomasiga muvofiq misol tariqasida ko’rilayotgan suv chuchuk suvdir, chunki undagi quruq qoldiq miqdori 0,67 g/l ga teng.


4. Yer osti suvini qattiqlik darajasi bo’yicha tavsiflang. Suvning tarkibida kaltsiy va magniy tuzlarini erigan holda bo’lishi uning qattiqligini belgilaydi.
Suvlarning qattiqligi uch xil bo’ladi:
a) umumiy qattiqlik. –Suvda erigan holda bo’lgan barcha kaltsiy va magniy tuzlari (Ca(HCO3)2, SaCl2, Ca2SO4, Mg(HCO3)2, MgSO4) uning umumiy qattiqligini vujudga keltiradi,
b) vaqtincha qattiqlik. –Suvdagi erigan holda bo’lgan bikarbonatlar uning vaqtincha qattiqligini vujudga keltiradi. Chunki suv qaynatilganda undagi bikorbanatlar parchalanib qiyin eriydigan kaltsiy va magniy karbonatiga aylanadi. So’ngra u suv qaynatiladigan idishlarning devorlariga quyqa (cho’kindi) hosil qiladi.
v) doimiy qattiqlik. Umumiy va vaqtinchalik qattiqlik orasidagi fazoviy farqni ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda O’zDST 6055-51 va DAVST 2874-54 ga binoan suvning qattiqligi uning 1 litrdagi Ca++ va Mg++ ionlarining milligramm-ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi. Suvning1 mg-ekv/l qattiqligi uning tarkibidagi 20,04 mg/l Sa++ ga yoki 12,16 mg/l Mg++ ga teng. Suvning qattiqlik darajasini tavsiflash uchun O.A.Alekin tasnifnomasi qo’llaniladi. O.A.Alekin tabiatdagi barcha suvlarni qattiqlik darajasi bo’yicha 5 sinfga bo’ladi.
1. Juda yumshoq suvlar - 1,5 mg-ekv/l gacha,
2. Yumshoq suvlar - 1,5 – 3,0 mg-ekv/l,
3. O’rtacha qattiq suvlar - 3,0 – 6,0 mg-ekv/l,
4. Qattiq suvlar - 6,0 – 9,0 mg-ekv/l,
5. Juda qattiq suvlar - 9,0 mg-ekv/l.dan yuqori.

Ana shu tasnifnomaga binoan ko’rilayotgan suv qattiq suvlar guruhiga mansubdir, chunki Ca++ va Mg++ ionlarining mg-ekv/l miqdori 6,43 mg-ekv/l. ga teng.

5. Suvning kimyoviy tahlili natijasini M.G.Kurlov formulasi ko’rinishida ifodalang.


Suvning kimyoviy tarkibini ifodalashda ko’proq M. G. Kurlov formulasidan foydalaniladi, chunki u suvning asosiy tarkibiy qismi xaqida tasavvur beradi. Formula kasrdan iborat bo’lib, surati anionlarning foiz mg-ekv/l va maxraji esa kationlarning foiz mg-ekv/l.dan iboratdir. Formulada anionlar va kationlarni foiz mg-ekv/l miqdori kamayib borish tartibida yoziladi. 10 foizdan kam miqdoridagi ionlar formulada ko’rsatilmaydi. Formulada chapda kasr chizig’i oldida suvning mineralizatsiyasi "M" harfi bilan belgilanib, yonida quruq qoldiq miqdori, shuningdek suvdagi erigan holdagi gazlar va aktiv elementlar g/l ko’rinishida yoziladi, o’ngda formulaning oxirida suvning harorati t tselsiy darajasida va suvning sarfi "D" kub m/kun da yoziladi.
Biz ko’rayotgan variantdagi suvning kimyoviy tarkibini formulasi quyidagicha:

6.O.A. Alyokinning kimyoviy tavsifnomasi bo’yicha suvning sinfi, guruhi va turini aniqlang.


Tabiiy suvlarning ma'lum bo’lgan tasnifnomasidan ko’plari ularni ishlab chiqqan olimlarning nomlari bilan bog’liq. Bu tasnifnomalar suvlarning kimyoviy tarkibini, paydo bo’lish qonuniyatlarini, ularni turli-tumanligini hisobga olib ishlab chiqilgan.


O. A. Alyokin (1948) suvlarni, ularning tarkibida ustunlik qiluvchi ionlar va ularning mg-ekv shakldagi o’zaro miqdoriy nisbati bo’yicha sinf, guruh va turlarga bo’lgan.
Asos sifatida mg-ekv/l ifodasidagi 6 ta asosiy ionlar olingan.
Tabiatdagi ionlar ustunlik qiluvchi anionlar bo’yicha 3 ta sinfga bo’lingan:
1. Gidrokarbonatli (HCO3-) yoki karbonatli (SO-3);

  1. Sulfatli (SO-4);

  2. Xloridli (Cl-);

Gidrokarbonatli suvlarga minerallashgan ko’l, daryo, atmosfera yog’inlaridan oziqlanadigan yer osti suvlari kiradi. Xloridli suvlarga tarkibida xlor ionining miqdori 25 foizdan ko’p, dengiz suvlari bilan bog’liq bo’lgan sho’rroq, cho’l va yarim cho’l tumanlaridagi yer osti suvlari kiradi. Sulfatli suvlar tarqalganlik va minerallanish darajasi bo’yicha oraliq sinfiga mansub va ularning kelib chiqishi cho’kindi jinslar bilan bog’liq. Bu sinflarning har qaysisi tarkibidagi ustunlik qiluvchi kationlar miqdoriga qarab 3 guruhga: ya'ni Sa++, Mg++, Na++, K+ larga bo’linadi. O’z navbatida har bir guruh tarkibidagi ionlarning mg-ekv/l miqdori bo’yicha nisbatiga qarab 4 ta turga bo’linadi.
Birinchi turdagi ionlar quyidagicha:

Bu turdagi suvlar ishqorli, yumshoq, ularning kimyoviy tarkibi natriy va kaliy bo’lgan asosiy magmatik tog’ jinslarining nurashidan hosil bo’lgan jinslarning erishidan hosil bo’ladi.
Ikkinchi tur ionlarning nisbati quyidagicha:

Bu suvlarning kelib chiqishi cho’kindi tog’ jinslari hamda tub jinslarining nurash mahsuloti bilan bog’liq. O’rtacha mierallashgan yer osti suvlarining ko’pi shu turga kiradi. Uchinchi tur ionlar nisbati quyidagicha:

Genezisi bo’yicha bu turdagi suvlar aralash suvlardir. Bularga yuqori minerallashgan va mitamorfizatsiyaga uchragan suvlar kiradi. To’rtinchi tur suvlari oddiy ionlar nisbati bilan xarakterlanadi, ya'ni . Bular nordon, ya'ni kon suvlaridir. Misol uchun ko’rilayotgan variantdagi suv kimyoviy tahlil natijasi bo’yicha O.A.Alekin tavsifnomasiga muvofiq karbonatli sinf, kaltsiyli guruh, uchinchi turga kiradi.
Kimyoviy tahlil natijasi O.A.Alekin tavsifnomasiga muvofiq quyidagicha yoziladi: gidrokarbonatli-kaltsiyli III turdagi suv deb o’qiladi.


7. Suvlarni betonga nisbatan agressivligini baholash.
Suvning agressivligi deb, uni turli betondan yasalgan inshootlarni buzish qobiliyatiga aytiladi. Suvning bunday qobiliyati, uning ma'lum kimyoviy va gaz tarkibidagina namoyon bo’ladi. Suvlarning quyidagi agressivlik turlarga bo’lish mumkin: karbon kislotali, ishqorlanuvchi, umumiy kislotali, sulfatli va magnezial.

Suvning karbonat kislotali agressivligi, uning tarkibidagi agressiv karbonat kislota ta'sirida kaltsiy karbonat tuzining erishi natijasida beton inshootining buzilishida namoyon bo’ladi.


5-jadval
Suvli muhitning agressivligi me'yori
Betonni suv bilan muloqot sharoiti (atrof muhit)
Konstruk-tsiyaning qalinligi, m
Bosimsiz inshootlar
Bosimli inshootlar
Oddiy va suvga chidamli
portlandtsement
putstsolan va shlakli polrtland tsement
Portland sement
Putstsolan va shlakli portland sement
Suv havzasi yoki filtratsiya koeffitsienti 10 m/k.dan yuqori bo’lgan gruntlar. Filtratsiya koeffitsienti 10-0,1 m/k bo’lgan gruntlar.

0,5-2,5




1,5
0,75


0,4

0,75
0,4


me'yorlanmaydi
0,5

me'yorlanmaydi


me'yorlan-maydi
2,0
1,2
0,7

1,0
0,6


me'yorlanmaydi
0,7
0,4
0,4

me'yorlanmaydi


«HCO3 ning miqdori keltirilgan qiymatlardan kichik bo’lsa suvlar
agressiv hisoblanadi.
6-jadval

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin