Qishloq xo’jalik yerlarni ajratish chiqimlarini qoplash. Mamlakatizda sanoat,
transport, shaharlar ishchi posyolkalari, qishloqlar, mahallalar, turli xil yo’llar, suv inshootlari
va boshqa aholi yashaydigan punktlarda foydalaniladigan yerlar qariyib.. .. gektarga yetadi.
1991-1999 yillar ichida mamlakat bo’yicha qishloq xo’jaligida foydalanish uchun 10
ming gektar yangi yerlar o’zlashtiriladi. Lekin shu bilan bir qatorda shu yillar ichida qishloq
xo’jaligida foydalanib qilinayotgan yerlardan 6 ming gektari qishloq xo’jalik oborotidan chiqib
ketdi. Shundan 2 ming gektari meliorativ holati yomonlashgani uchun vaqtincha chiqib ketgan
bo’lsa, qolgani har xil ob’ektlarni ko’rish uchun ajratildi va bu yerlar butunlay qishloq xo’jaligi
hisobidan chiqib ketdi.
Halq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun yer ajratib berish iqtisodiy taraqqiyotning
ob’ektiv oqibatidir. Lekin Yer kodeksining talabidan kelib chiqib qishloq xo’jalik yerlari va
ayniqsa xaydaladigan yerlarni qishloq xo’jaligidan tashqari foydalanishga ajratishni davlat
alohida nazorat qilib borishi kerak. Qishloq xo’jalik yerlarini davlat va jamoat ehtiyoji uchun
ajratilgan qishloq xo’jalik korxonalari ko’rgan zararni qoplash yer kodeksida alohida ko’rsatib
o’tilgan.
Yer ajratishdagi chiqimlarni koplash qishloq xo’jalik yerlari muhofazasi va ulardan
oqilona foydalanishga qaratilgan.
Qishloq xo’jalik yerlarini boshqa maqsadlarga foydalanish uchun olishdagi
nobudgarchiliklar tuproq unumdorligini oshirish va qayta tiklash tadbirlari o’tkazish hisobiga
18
olingan holda maydoni o’sha yerlarga yangi yerlarni o’zlashtirish qiymatiga tenglashtirib
olinadi.
1.5-jadval
Qishloq xo’jaligidan tashqari ehtiyojlar uchun olinadigan yerlar o’rniga o’zlashtirilgan yangi yerlar qiymatining me’yori, ming so’m ga