1.3. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va uni saqlash tadbirlari
Yerdan unumli foydalanish va uni saqlash sug’oriladigan dehqonchilik bilan
shug’ullanadigan mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi agrarsiyosatida
doimo markaziy o’rinni egallab kelmoqda. Bizning mamlakatimizda yer resurslaridan
samarali foydalanish bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishni amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki halqimizning 60% dan ko’prog’i qishloqlarda yashaydi,
ularni oziq-ovqat bilan me’yor ta’minlab turish sug’oriiladiigan dehqonchilikning
rivojlanishiga bevosita bog’liqdir.
Yerni saqlash uni talon-taroj qilishga yo’l ko’ymaslik ulardan oqilona foydalanishning
ahamiiiyati 1998 yilda qabul qilingan yer kodeksida o’z aksini topgan. Unda «Mamlakatimizda
hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yer va yer osti boyliklarini, suv
resurslarini, o’simliklar va hayvonot dunyosini qo’riqlash, ulardan ilmiy asosda, oqilona
foydalanish havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni
ta’minlash va atrof muhitni yaxshilash uchun zarur choralar ko’riladi» deyilgan.
Yer resurslarining halq xo’jaligi kompleksidagi iqtisodiy roli muttasil oshib bormoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida yerdan foydalanish har tomonlama xarakter kasb etmoqda.
15
Bunda qishloq xo’jaligi manfaatlari sanoat talablari va sotsial jihatlar hisobga olinmoqda.
Yerdan oqilona foydalanish va uni saqlash qo’llanilayotgan iqtisodiy, huquqiy hamda texnika
choralarining optimal uyg’unlashuvini o’z ichiga oladi.
Yerdan foydalanish va uni saqlash amaliyoti tabiiy muhitning halq manfaatlari yo’lidagi
biologik barqarorligini ko’p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun yer resurslaridan
foydalanishning tabiatni asrashni zarur darajada ta’minlaydigan va tabiiy hududlari
madaniylashuviga olib keladigan usulgina oqilona usul hisoblanishi mumkin.
Sho’rolar davrida yer umumhalq mulki bo’lganligi sababli undan oqilona foydalanishni
tashkil qilish mumkin bo’lmadi. Chunki tayin yerning aniq egasi yo’q bo’lganligi sababli
dehqon yerga mulk sifatida emas, balki umumiy ishlab chiqarish bazasi sifatida qarar edi.
1997 yil Oliy Majlisning 11 sessiyasida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday
degan edi. «Dehqonlarimizga shunday sharoit yaratish kerakki, natijada ular yerga o’z mulki
deb qarasin, unga ishlov berib, hosildorligini oshirsin, o’z mahsulotiga o’zi xo’jayin bo’lsin
o’zini shu yerning egasi ekanligini xis qilsin». Hozirgi kunda yangi yerlarni o’zlashtirish, yirik
maydonlarda meliorativ tadbirlar o’tkazish, yirik suv inshootlarini qurish kabi ishlar davlat
byudjeti hisobiga bajarilmoqda va bu ishlarni tartibga soluvchi qonun qabul qilingan hamda
davlat dasturi ishlab chiqilgan.
Melioratsiya hisobiga yangi yerlar o’zlashtirilishiga qaramay haydaladigan maydonlar
ko’paymayotir, balki kamayish tendentsiyasi sodir bo’lmoqda. Bu narsa haydaladigan
yerlardan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish, shuningdek, meliorativ tadbirlar o’tkazish ham
sodir bo’lmoqda.
Haydaladigan yerlarni halq xo’jaligini boshqa tarmoqlarida ishlatish uchun ajratish
tufayli maydonlarning qisqarishi qishloq xo’jaligi uchun qaytmas yo’qotish xarakteriga ega.
Bunday yerlarga zavod, fabrikalar qurish, avtomobil va poyezd yo’llari qurish, suv
omborlari, kanallar, zovurlar qurish uchun ajratiladigan yerlar kiradi.
Bug’lanish yog’inlar summasidan ortiq bo’lgan rayonlarda tuproqning sho’rlanish
jarayonlari keng tarqalgan. Bunday sharoitda tuproq nami bug’lanib, undagi tuzlar yerning
yuqori gorizontlariga o’tirib qoladi. Sho’r bosishning ikki turi farq qilinadi. Tuproqning
birlamchi sho’rlanishi noqulay tabiiy sharoitlar ta’sirida tabiiy yo’l bilan sodir bo’ladigan
birlamchi sho’r bosish. Tuproqning birlamchi sho’rlanish markaziy osiyo davlatlarida uchrab
turadi. Ikkilamchi sho’r bosish zovurlar noto’g’ri qazilgan tuproqlarda noto’g’ri sug’orish
natijasida, sug’orish rejimi buzilganda, tuproq suv o’tkazish xususiyatlari hisobga olinmay
16
katta me’yorda sug’orilganda sodir bo’ladi. Bu jarayon sizot suvlari sathi ko’tarilganda
kuchayadi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida suv tarkibidagi tuz ham tuproq sho’rlanishiga
sabab bo’lishi mumkin. Yerning sho’r bosishi qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Sho’r
bosgan dalalarda ekinlar hosildorligi pasayadi, mineral o’g’itlarni qo’llanish samaradorligi
kamayadi, mahsulot, ayniqsa paxta sifati yomonlashadi. Sho’r bosishi natijasida haydaladigan
yerlarning ko’pgina qismi oborotdan chiqib qoladi.
Sug’oriladigan yerlarning sho’r bosishiga qarshi kurash yer va suv resurslarini saqlash
ulardan oqilona foydalanish umumiy muammosini bir qismidir.
Zovurlarni qazish, yerlarning sho’rini yuvish bir qancha agrotexnik tadbirlar (almashib
ekish, yerga ishlov berishning tegishli usullari ximiyalash va xokazolar)ni qo’llash tuproqni
ikkilamchi sho’r bosishning oldini oladi.
Tuproqni yuvilishdan, nurashdan va changga aylanishdan saqlash murakkab
muammodir. Erroziya tufayli mamlakatda har yili ko’plab haydaladigan yerlar qishloq xo’jalik
oborotidan chiqib ketmoqda. Erroziya-noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari foydalanishni oqilona
tashkil etish qo’llaniladigan deùqonchilik tizimi qiyinchiliklarining oqibatidir. Tuproqni
shamol va suv erroziyasidan saqlashning zarur choralari, yerlarning erroziyaga qarshi
himoyalashning yo’llari turlicha bo’lib-tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, o’rmon-melioratsiya va
gidrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan iboratdir.
Mamlakatda joriy etilgan erroziyaga qarshi tadbirlarni uyushtirish tizimiga quyidagi
bosqichlar kiradi: yirik hududiy-ma’muriy birliklarga, erroziyaga qarshi tadbirlarning bosh
sxemalarini tuzish ayrim suv havzalari va shamol erroziyasi rayonlariga erroziyaga qarshi
tadbirlarning bosh sxemalarini tuzish, ayrim suv havzalari va shamol erroziyasi rayonlariga
erroziyaga qarshi tadbirlar sxemalarini ishlab-chiqish: Ichki-xo’jalik yer tuzishidagi erroziyaga
qarshi kompleks loyihalash: o’rmon-meliorativ ob’ektlarini va gidrotexnika inshootlarini
texnik jihatdan loyihalash va boshqa shunga o’xshash erroziyaga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar
davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Erroziyaga uchragan katta maydonlarda erroziyaga qarshi ishlar bajarilgan va amalda
dehqonchilikni erroziyaga qarshi regional tizimlari joriy qilingan bir qancha joilarda bu
choralar tuproqning shamol erroziyasini tuxtatish, unumdor tuproq qoplami yuvilishini
kamaytirish, jarliklarning ko’payishiga barham berish, qishloq xo’jalik mahsuloti
isrofgarchiligini kamaytirish, yer unumdorligini oshirish imkonini beradi.
17
Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish ko’payib bormoqda. Bu
narsa aholi zich yashaydigan va qishloq ho’jaligi uchun qulay yerlarda buzilib, ishdan chiqib
qoladigan maydonlarni ko’payishiga olib keladi. Shu munosabat bilan buzilgan yerlarni qayta
tiklash, haydash, ulardan dehqonchilik, yaylovlar, o’rmonlar va suv havzalari qurish uchun
foydalanish hamda xo’jalik qiymatini tiklash juda zarurdir.
Qum va shag’allari qazib olingan yerlarni qayta tiklash, ayniqsa ishlatilib bo’lingan
konlarni qayta tekislab, ekin ekadigan yerlarga aylantirish natijasida bu maydonlarni
unumdorligini saqlabgina qolmay balki uni oshiradi ham.
1998 yilda Oliy Majlis qabul kilgan yer kodeksida yerdan foydalanish tartibi, yerga
egalik qilish va undan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish bo’yicha iqtisodiy hamda huquqiy
chora-tadbirlar ishlab chiqildi, natijada yer munosabatlarini yaxshi yo’lga ko’yish uchun, ularni
muhofaza qilish va samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |