O’zbekiston qishloq xo’jaligida intensivlashtirishning 100 gektar sug’oriladigan yerdan
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liqligi
Yillar
100 gektar
sug’oriladigan
yerga to’g’ri
keladigan
asosiy
fondlarning
miqdori, ming
so’m
100 gektar sug’oriladigan yerdan olingan qishloq xo’jalik
mahsulotlari, ming so’m
Paxta,
sentner
G’alla,
sentner
Kartoshka,
sentner
Meva va
uzum,
sentner
Sabzavot va
poliz, sentner
1961-1965
1950
220
58
365
500
760
1966-1970
2200
270
75
425
550
870
1971-1975
2500
240
80
400
570
1020
1976-1980
2915
350
93
385
490
1150
1981-1985
3100
360
95
352
560
1300
1986-1990
3500
250
150
450
550
1350
1991-1995
3678
264
214
920
550
1760
1996-2000
4035
208
267
1402
607
2035
2001-2004
4343
246
363
1718
592
2424
Yerdan oqilona foydalanish muammosi kompleks va tizimli xarakterdadir. Bu muammo
mexanizatsiyalashtirish, ximiyalash va melioratsiyalash darajasi bilan belgilandi. Bu
ko’rsatkichlarning intensivlashga ta’sirini 1.3-jadvalda keltirilgan har 100 gektar yerga to’g’ri
keladigan asosiy fondlarning qiymati bilan mahsulot ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’lanishdan
yaqqol ko’rish mumkin. Bu muammo kompleks yondashish va joriy etishda aks etadi.
Dehqonchilik tizimini mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga va tuproq
unumdorligini saqlash hamda oshirishga qaratilgan tashkiliy–iqtisodiy va texnik tadbirlarni
jami deb tushunmoq kerak.
12
Texnik tadbirlarga tuproqni yaratish, qayta tiklash va milioratsiya usullari bilan
xarakterlanadi. Dehqonchilik tiziminig tashkiliy iqtisodiy tomonini yerdan foydalanish tartibi
va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish hamda arzonlashtirish usullari belgilab beradi.
Dehqonchilik tizimlari rivojlanishida iqtisodiy va tabiiy omillar ishlab chiqarish
jarayoning doimo yagona kompleksda, uzluksiz ta’sir etadi. Bu omillar ta’siri ishlab
chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining turli darajalaridagina har xil bo’ladi. Texnika vositalarini
qo’llash past darajada bo’lganda tabiiy sharoitlar hosil taqdirini belgilaydi, ular qishloq
xo’jaligini rivojlantirishda hal qiluvchi va belgilab beruvchi rolni o’ynaydi. Fan-texnika
taraqqiyoti o’sib borgan sari iqtisodiy omillarning dehqonchilik hosildorligiga ta’siri
kuchayadi. Dehqonchilik tizimlarini rivojlantirish yo’llari va sur’atlarini belgilashda iqtisodiy
omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bunda tabiiy sharoitlarning roli kamaymaydi balki
aksincha, ulardan har biri ayrim mintaqa doirasida yanada oqilona foydalaniladi va qishloq
xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligiga ularning salbiy ta’siri kamayib ketadi.
Mintaqalik intensivlik darajasi va ularning ixtisoslashuvi dehqonchilik tizimining eng
xarakterli belgilaridir. Mamlakatimizning ulkan hududi qishloq xo’jaligi rivojiga ta’sir
ko’rsatadigan tabiiy sharoitlarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Bu narsa har bir mintaqa
uchun dehqonchilik tizimini ishlab chiqish zaruriyatini tug’diradi. Mamlakatimiz umuman
geografik nuqtai nazardan qaraganda sahro va yarim sahro mintaqasida joylashganligiga
qaramasdan dehqonchilikning suvga bo’lgan talabi ayrim mintaqalarda tubdan farq qiladi,
masalan 1 gektar paxta maydoni kuyi Amudaryoda 16-17 ming m
3
talab qilsa. Qashqadaryo,
Surxondaryoda 12-13 ming m
3
, Zarafshon vosiysida 7-8 ming m
3
suv talab qiladi. Demak,
ayrim mintaqalar qishloq xo’jaligi uchun qulay hisoblanadi. Shunday qilib qishloq xo’jaligi
yerlari unumdorligini oshiradigan muayyan tadbirlarni amalga oshirishga muxtojdir.
Foydalaniladigan yerlarning katta qismi qurg’oq va o’ta qurg’oq mintaqalarda joylashgan.
Ayniqsa Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari o’ta qurg’oq va issiqligi bilan ajralib
turadi. Farg’ona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatida yillik yog’ingarchilik birmuncha
ko’proq bo’lganligi va bu mintaqalardagi tog’larda qor ko’proq muddat erimasdan turishi va
katta muzliklari bilan tutashib ketishi bu mintaqa ob-havosining birmuncha yumshoq bo’lishiga
va qurg’oqchilikning ta’sirini birmuncha yengillashtirishga olib keladi
1.4-jadval
|