Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
- tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo`yicha fanlar bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni;
- talabaning o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlar bo`limlari va mavzularini chuqur o`rganish;
- faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalaniladigan o`quv mashg`ulotlari;
- masofaviy (distantsion) ta’lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Transformotor po`lat o`zagi va chulg`amlarining tuzilishi xamda qo`llanilish soxalari.
Transformotor chulg`amlarining ulanish guruxlari va belgilanishlari bilan tanishish xamda ularning sxemalarini chizish.
Tok va kuchlanish transformotorlarini tekshirish.
To`g`rilagich qurilmalari uchun transformatorlar.
Payvandlash apparatlari uchun transformatorlar.
Asinxron motorlarini ishga tushirish usullarini tajriba stendlarida bajarish va yo`nalishini o`zgartirish.
Ko`p tezlikli asinxron motorlarni xar xil tezliklarda ishga tushirish.
Asinxron motorlarning nosimmetrik rejimlarda ishlash sharoitlarini o`rganish.
Maxsus o`zgaruvchan tok motorlari va ularning tuzilishi bilan tanishish.
Laboratoriyada mavjud maxsus motorlarni ishga tushirish va xarakteristikalarini o`rganish (chiziqli asinxron motorlar).
Kondensatorli asinxron motorning tuzilishi va uning qo`llanilishi.