O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


-Mavzu TRANSFORMATORLARNING PARALLEL IShLAShI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə40/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
0 умумлаштирилган

4-Mavzu TRANSFORMATORLARNING PARALLEL IShLAShI
O`rtacha va katta quvvatli korxonalarning har birida elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan transformator podstantsiyasi bo`ladi. Vu podstantsiyada kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar o`rnatiladi. Elektr energiyasi korxona podstantsiyasiga havo yoki kabelь liniyasi orqali, elektr stantsiyasidan yoki markaziy podstantsiyadan ko`pincha 6 yoki 10 kV, ba’zan 35 kV li kuchlanish bilan uzatiladi. Podstantsiyada bir yoki bir nechta kuch transformatorlari o`rnatilishi mumkin. Bu transformatorlar yuqori kuchlanishni iste’molchilarning nominal kuchlanishigacha, ya’ni 660 V, ko`pincha 4001230 V gacha pasaytirib beradi. Korxonada bir nechta transformator o`rnatilgan bo`lishi mumkin, ularning har biri yo o`zining iste’molchisi uchun ishlashi yoki o`zaro parallel ishlashi mumkin. Transformatorlar parallel ishlaganda ularning birlamchi chulg`ami umumiy tok manbaidan yoki elektr tarmog`idan energiya oladi va ikkilamchi chulg`amlari umumiy iste’molchini energiya bilan ta’minlaydi (5.1–rasm).
Transformatorlar parallel ishlaganda iste’molchilarga beriladigan quvvatning eng katta qiymati ayrim transformatorlarming nominal quvvatlari yig`indisi bilan aniqlanadi, boshqacha aytganda, ularning nominal quvvatlari o`zaro qo`shiladi. Agar biror korxona podstantsiyasida oldin bitta transformator o`rnatilgan bo`lsa, vaqt o`tishi bilan korxona kengaytirilib yangi tsexlar quriladi. Bunda korxonaning umumiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bitta transformatorning quvvati yetmay qoladi. Bunday sharoitda ishlab tur–gan transformatorga parallel qilib ikkinchi transformator ulanadi va iste’molchilar yetarli energiya bilan ta’minlanadi. Quvvati o`zgarib turadigan korxona podstantsiyasida bir nechta transformatorlarning parallel ishlashi elektr energiyasining iste’molchilar orasida tejamli taqsimlanishini va turli hollarda energiya bilan uzluksiz ta’minlashni yaxshilaydi. IIarallel ishlab turgan transformatorlardan birortasi ishdan chiqib qolsa, iste’molchilar elektr energiyasisiz qolmaydi, ishlab turgan transformatorlar iste’molchilarni yetarli energiya bilan ta’min-
laydi.

5.4.- rasm. Transformatorlarning parallel ishlashi
Energiya iste’mol qilish kamaygan vaqtlarda ba’zi transformatorlar elektr tarmog`idan uzib qo`yiladi. Odatda, korxona podstantsiyasida o`rnatilgan transformatorlarning ishlash sharoiti nominal sharoitga yaqin bo`ladi. Iste’molchilar quvvatiga qarab parallel ishlaydigan transformatorlar quvvatini aniqlash va ularni ratsional ishlatish elektr energiyasi bilan ta’minlashning foydali ish koeffitsiyentini oshiradi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin