O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə13/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
0 умумлаштирилган

Fanning maqsad va vazifalari



Fanning maqsadi- bo`lajak mutaxassislarda qishloq xo`jaligida elektr mashinalar va elektr yuritmalardan foydalanish va ularni loyixalash bilan bog`liq masalalarni yechish buyicha nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalar majmuini shakillantirishdir.
Fanning vazifalasi – talabalar ushbu fanni o`rganish natijasida elektr mashinalar va elektr yuritmalarni tuzilishi, ishlash printsipi va parametrlari xamda avtomatik boshqarish sxemalari bo`yicha amaliy ko`nikmalarni xosil qilishdir.

1.2. Fan bo`yicha talabalarning bilimi, uquv va ko`nikmalariga DTSga muvofiqqo`yiladigan talablar:
Bakalavr:
Ushbu fanni o`rganib talabalar Elektr mashinalar va elektr yuritmalarning tuzilishi ishlash printsipi, xarakteristikalari, rejimlari va foydalanish soxalarini bilishi ularning parametrlarini xisoblash va o`lchay olishi, sinash va elektr tarmog`iga ulay olishi va ular uchun ximoya va rostlash vositalarini tanlay olish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarini egallaydilar. Bundan tashqari talabalar elektr yuritmalar xisobi va nazariy asoslari, qishloq xo`jaligi mashinalari agregatlari va potok liniyalarini avtomatik boshqarish va rostlash printsiplari bo`yicha yetarli nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarini egallashlari va qishloq xo`jalik mashinalari agregatlari va potok liniyalari elektr yuritmalarini xisoblash, tanlash va ularni avtomatik boshkarish sxemalarini taxlil qila olishlari kerak.

1.3. O`quv rejadagi boshqa fanlar bilan aloqasi:
«Elektr mashinalar va elektr yuritmalari» fani talabaning «Fizika», «Oliy matematika», «Elektrotexnikaning nazariy asoslari». «Elektr o`lchash, standartlash va sertikatlash», «Nazariy va amaliy mexanika» «Irrigatsiya va melioratsiya asoslari», «Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash»va boshka fanlardan olgan nazariy va amaliy bilimlariga asoslanadi. O`z navbatida «Elektr mashinalar va elektr yuritmalar» fani «Qishloq xo`jaligi elektr ta’minoti», «Elektr uskunalari remonti va ekspluatatsiyasi», «Avtomatika asoslari va texnik sistemalari» fanlarni o`rganishda tayanch kurs xisoblanadi.

1.4. Fanni o`qitishdagi yangi texnologiyalar
Fanning ma’ruza, amaliy va tajriba mashg`ulotlarini o`tkazishda o`qitishning interaktiv usullari, o`quv adabiyotlarning yangi elektron-lashtirilgan avlodi, yangi axborot texnologiyalari, o`quv filьmlari va slaydlari, plakatlar, laboratoriya qurilmalari va EXMlardan foydalaniladi. Talabalar bilimini baholashda reyting tizimi qo`llaniladi.

1.5.Fanni o`qitish semestrlari va uslubiy ko`rsatmalar:
“Elektr mashinalar va elektr yuritmalar” fani 2 qismdan iborat bo`lib: 1 qism – Elektr mashinalar 5 semestrda va 2 qism – Elektr yuritma 6 semestrda, 5630200-“Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo`nalishida o`qitiladi.

1.6.Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi
Barcha o`quv yuklama –272 soat, auditoriyadagi yuklama –136 soat, shulardan: ma’ruza –64 soat, amaliy mashgulotlar – 32 soat, laboratorya mashgulotlari – 40 soat, mustaqil ish – 136 soat.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin