O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
0 умумлаштирилган

Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar

“ Elektr mashinalar va elektr yuritma ” fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Elektr mashinalar va elektr yuritmalarning turlari, xarakteristikalari, funktsional vazifalari va asosiy ko`rsatkichlari; elektr yuritmalarning elektromexanik xususiyatlari; elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish va uning texnik vositalari, qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni bilishi kerak;
Elektr mashinalarni tuzulishini, asosiy ko`rsatkichlarini va elektr tarmoqga ulash sxemalarini; xar xil turdagi elektr yuritmalarni funktsional va printsipial sxemalarini tuzish, ularning asosiy ko`rsatkichlarni aniqlash va elektr tarmoqga ulash sxemalari bo`yicha ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
- elektr mashina va elektr yuritmalarning strukturaviy elementlarini loyixalash, tanlash va foydalanish malakaga ega bo`lishi kerak.
Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Elektr mashinalar va elektr yuritma o`kuv fani umumkasbiy fan xisoblanib 5,6 - semestrlarida o`tiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik - tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy va amaliy mexanika), umumkasbiy (elektrotexnik materiallar, elektrotexnikaning nazariy asoslari va x.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.

Fanning ishlab chiqarishdagi o`rni
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida texnologiya jarayonlarni bajarish va boshqarish, qishloq xo`jalik maxsulotlarni saqlash va qayta ishlashda sifatli maxsulot olish va aniq parametrlarni saqlashga imkoniyatni yaratadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy umumkasbiy fani xisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo`g`inidir.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning elektr mashinalar va elektr yuritma fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish. Yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muxim ahamiyatga egadir. Fani o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallari, elektron materillar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi qurilmalarni ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashgulotlar dasturlarida mos ravishda ilg`or pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin