Qishloq xo`jaligida avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar Qishloq xo`jaligi sharoitida EYularning ishlashini o`ziga xos tomonlari. Mashina va mexanizmlarning xarakteristikasini xisoblash usullari. EYularni uncha yukori quvvatga ega bo`lmagan energiya manbasiga ulanganda ishga tushishini ta’minlashi va turg`un ishlashi. Potok–transportyor tizimlar (PTT) elektr yuritmalari va avtomatlashtirish.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg`ulotlarda talabalar elektr mashinalarini tanlash, konstruktiv kattaliklarini aniqlash, har hil mexanizmlar uchun elektr yuritmalarini tanlash, turli rejimlarda ishlaydigan elektr yuritmalarning mexanik xarakteristikalarini qurish, elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish sxemalarini tuzishni o`rganadilar. Amaliy mashg`ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: Transformatorlar parallel ishlaganda yuklamaning taqsimlanishini xisoblash va tajribada sinash.
Asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashish tajribalariga asosan aylana diagrammasini qurish va berilgan qiymatdagi toklar buyicha asinxron motorning ishchi xarakteristikalarini qurish.
O`zgarmas tok motorlarini ishga tushirish va tormozlash qarshi-liklarini xisoblash.
Asinxron motorlarni ishga tushirish va tormozlash qarshi-liklarini xisoblash.
Asinxron motor chulg`amlarini boshqa kuchlanishga va tezlikka nisbatan parametrlarini qayta xisoblash.
Pasport ma’lumotlari bo`lmagan asinxron motor chulg`amlarini xisoblash.
Uch fazali asinxron motorlarni bir faza rejimida ishga tushirish uchun kondensator batareyalarini xisoblash.
O`zgaruvchan va o`zgarmas tok mashinalari mexanik va elektr mexanik xarakteristikalarini xisoblash va grafigini chizish.
O`zgaruvchan va o`zgarmasi tok mashinalarini ishga tushirish va tormozlash qarshiliklarini xisoblash.
Elektr motorlar statistik va dinamik rejimlarida vujudga keladigan momentlar xisobi.
Elektr motorlar o`tkinchi jarayonlarini xisoblash.
Turli xil ish rejimlarda ishlaydigan EYuga motor tanlash.
O`zgaruvchan tok motorlari ochiq va yopiq boshqarishning tipik sxemalari ishlab chiqish.
Elektr motorlarni boshqarishda mantiiqiy elementlardan foyda-lanish.
Elektr motorlarni avtomatik rostlash tizimi uchun boshqaruv va ximoya texnik- vositalarini xisoblash va tanlash.
Suv ta’minot tizimi nasos qurilmasi shamolatirgich qurilmasi, trasportyorlar yuk ko`tarish – tashish mexanizmlari uchun elektr motorlar tanlash va avtomatik boshqaruv sxemasini ishlab chiqish.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo`yicha olgan bilim va ko`nikmalarinini Amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitiladilar. Shuningdek, darslik va o`quv qullanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo`yicha ko`rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.