2-Ma’ruza. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari. Maruza rejasi



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə1/4
tarix21.06.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#133503
  1   2   3   4
2. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari.


2-Ma’ruza. Avtomatlashgan elektr yuritmalarni komplektlashning blokli modulli prinsiplari.
Maruza rejasi:

  1. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modulli prinsiplari.

  2. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modulli tuzilish sxemalari.

  3. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modullarining vazifalari.

1. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modulli prinsiplari.
Yetakchi elektrtexnika korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan komplektlangan chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmalarning bajarilish variantlarini ko’rib chiqamiz.
“SIEMENS” firmasi ning chastotali rostlanuvchi elektr yuritmalari – Simovert Master Drivers 2.2 dan 2300kvt gacha quvvatda tayorlanadi va 12 xil o’lchagichga ega. O’zgartirgichlarni tayorlashning ikkita blokli varianti mavjud: birinchisi- o’zgaruvchan uch afazali kuchlanish tarmog’iga ulanish uchun; ikkinchisi-o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ulanish uchun avtonom invertor ko’rinishida kiritish kuch bloki mavjud (o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga o’zgartiruvchi ), -modulli variantlar ularni bajarish quyidagilarni taminlaydi:

  • O’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga olti impulsli o’zgartirish (bir kvadratli rejim ) (3.1, a,b,v,-rasm).

  • O’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga olti impulsli o’zgartirish va tiristorni qollagan xolda o’zgarmasni o’zgaruvchanga o’zgartirish (to’rt kvadratli rejim) 3.1, g-rasm).

  • Diodlar bilan shuntirlangan kuch tranzistorlarini qo’llagan xolda o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga va o’zgarmasni o’zgaruvchanga olti ippulsliga o’zgartirish (tort kvadratli rejim) (3.1, d-rasm ).

  1. O’zgaruvchan to’k elektr yuritmalari komplektlashning blok- modulli tuzilish sxemalari.

Chiqish kuch bloki avtonom kuchlanish invertori xisoblanadi 3.31, e-rasm). Kirish va chiqish bliklarini birlashtirish chastota o’zgartirgichning (CHO’) toliq sxemasiga mos keladi.
CHO’ qo’shimcha kuch modullari kommutatsion –ximoya apparaturasi (KXA); kirish va chiqish filtri (kirish va chiqish), elektr magnit shovqinlar, tormo’zlash (ichki yoki tashqi rezistorli transistorlar) drosellari xisoblanadi.
To’rt kvadratli ozgartirgich rejimidan (kirish va chiqish bloki) foydalanganda motor energiyasinining o’zgaruvchan to’k tarmog’iga rekuperatsiya bo’lishi mumkin. Bu motorni to’rmozlash va reverslash rejimida sodir bo’ladi. Agar bir kvadratli o’zgartirish rejimi kirish bloki qollansa, motorni to’rmozlash uchun o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ulangan transistor kaliti va to’rmo’zlash rezistori nazarda tutiladi.
Motor energiyasini o’zgarmas to’k tarmog’iga rekuperatsiya va uning to’rmoz rezistorida “sonishi” sodir bo’ladi.
Shvetsiyaning “ABB industry” firmasining ACS 600 Multi Drive chastota o’zgartirgichlari xam xuddi shunday tayorlanadi. Firma tomonidan keng diapazonli quvvatlar uchun o’zgarmas to’k umumiy ishnasiga ega, sozlash uchun zararni kamaytirish imkonini beradigan va foydalanishda maksimal samara xamda tejamkorlikni taminlaydigan yuritmalarni boshqarishning yagona tizimi ishlab chiqilgan. Tizim oddiydan bir barcha korhonalarni qamrab oluvchi –boshqa boshqaruv tizimlari bilan birlashganligi tufayli kengayish imkoniga ega.
Elektryuritma katta tizimlarini boshqarish uchun taqsimlangan boshqaruv tizimlari qo’llanadi. Uni kordinata qilish uchun qo’shimcha kontrollerlar va tez xarakatlanuvchi local shinalardan foydalaniladi. Yana tizimga ilova sifatida boshqaruv tizimiga qo’yiladigan talablarga ko’ra injiniring xarajatlarini kamaytirish uchun Alva for Windows, Drive Link, Drive Windows, Drive support dasturiy paketlarini dasturiy taminot ilovalari ko’rinishida mavjud.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin