64
"Qiymatlar diapazoni"
"Diapazon znacheniy" usulida
mavzuli kartalarni yaratish
uchun ishni qo`yidagi tartibda bajarish kerak:
1. ―Karta‖ ―Mavzuli karta yaratish‖
"Karta” “Sozdat’ tematicheskuyu kartu"
komandasini bajaring va ekranda "Mavzuli karta yaratish‖ komandasini bajaring
va ekranda "Mavzuli karta yaratish 3 tadan 1-chi qadam"
"Sozdanie tematicheskoy
karti 1 shag iz 3" dialogi chiqadi.
2."Diapazonlar"
"Diapazoni" va "Uzoqga‖
"Dal’she" tugmasini bosganda, ekranda
"Mavzuli karta yaratish — 3 tadan 2-chi qadam"
"Sozdanie tematicheskoy karti 2-
shag iz 3" dialogi chiqadi.
3. Obyektlari ajratiladigan jadvalni, qiymatlari mavzuli o`zgaruvchi
sifatida
foydalaniladigan maydonni (yuzani) tanglang yoki ifodani yozing.
4."Uzoqga"
"Dal’she" tugmasini bosing va ekranda ―Mavzuli kartani yaratish — 3
tadan 3 qadam"
"Sozdanie tematicheskoy karti 3- shag iz 3" dialogi chiqadi.
5. OK tugmasini bosing. Karta darchasida mavzuli qatlam hosil bo`ladi.
MapInfo dasturida "Sozlash"
"Nastroyka" iborasi — raqamli va grafik shkalalar
yaratish, obyektlarning har bir diapazoni uchun jihozlash yo`llarini tanlash jarayoni
tushuniladi.
65
Xulosa
Geoaxborot tizimlarning rivojlanishiga fan va texnika yutuqlar bir tomondan
ikkinchi tomondan Geodeziya va kartografiya, kadastr
soxalarining nazariy va
amaliy izlanishlari ta`sir ko`rsatmoqda. O`zbekistonda bu sohadagi nazariy va
amaliy izlanishlar endi boshlanib turibdi va kelgusida ular tez sur`atda rivojlanib
ketadi degan umiddamiz.
Bugun Geoaxborot tizimlari kuchli qurol bo`lib, ma`lumotlarga
asoslanib
hududiy rivojlanishni idora qilishda, tabiiy boyliklardan foydalanishda o`z
ahamiyatini ko`rsatgan. Karta va atlas tuzish bilan chegaralanmasdan ular tadqiqot
va idora qilishni unumdorligini oshiradi.
Geoaxborot tizimlar (GAT)ning rivojlanishi asosan ma`lumotlar, texnikaviy
vositalar va dasturlarga bog’liq bo`ladi. Ma`lumotlar turlari va ularni to`plash
yo`llari ko`payib bormoqda, ular to`liqlik, aniqlik, batafsillik, zamonaviylikka
ko`ra takomillashtirilib bormoqda. Mamlakatimizda
dolzarb muammolardan biri
shunday ma`lumotlar bazasini yaratish, alishuv standartlarni barpo etish va uni
tarqatish muammosidir. GAT va geopozitsionli tizimlar birgalikda qo`llanilishi
sababli ma`lumotlarni to`plash
tezligini, ularni aniqligini va unumdorligini
oshirishning yangi imkoniyatlari yaratilmoqda. Texnikaviy vositalarning
tkomillashitrilishi o`z navbatida GATning unumdorligini
oshirishga olib
kelmoqda. Ohirgi 10 yil ichida Internet, uyali aloqa, komp’yuterlar va ma`lumot
tashuvchilarning texnikaviy imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. Shunga bog’liq
bo`lib
dasturlash, ma`lumotlarni idora qilish va yangi geoaxborot tizimlarning
turlarini yaratish yo`llari ko`payib bormoqda.
Dasturlash sohasida yangi usullar va uslubiyotlar rivojlanib bir necha
afzalliklar
yaratilmoqda, ya`ni shahsiy komp’yuterdan foydalanuvchining
―hayotini‖ osonlashtirish maqsadida grafika interfeysi va menyularning xilma
xilligi oshmoqda. Geoaxborot tizimlarda vektorli va rastrli ma`lumotlarni
birgalikda qayta ishlash imkoniyatlari ko`paymoqda.
Dostları ilə paylaş: