Kushon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va
ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi. Kushon hukmdorlarining
Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida
yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari
yaxshi saqlanib qolgan.
Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon
ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham
shag'amsupalar, ko'zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik
imperiya iqtisodiyotining tayanchi bo'lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida
turli o'g'itlardan keng foydalinilgan. Tog' oldi hududlari va cho'llar chorvachilik
maqsadlarida foydalanilgan.
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar
topilgan. Kushon kursiv xati o'zining o'tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi
harflari bilan ajralib turar hamda o'sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka
davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga
aylanadi. Ammo shu bilan birga zardo'shtiylik va mahalliy O'rta Osiyo, Hindiston,
Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o'z kuchini yo'qotmaydi. Kushon
davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va
Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qo'shildi.
Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari tomonidan boshqarilib, ular
kushonshoh tituligi egalik qilgan.
Kushon
davlatining paydo bo'lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta ilmiy
munozaralarga sabab bo'lib kelgandi. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini
o'rganish o'tgan asrdayoq boshlangan edi. Miloddan avvalgi I asrga kelib Katta
Yuyechji uyushmasidagi beshta xokimlikda Tuyshuan (
Kushon
) xokimligi ancha
kuchayib va xudidi kengayib bordi. «So'nggi xon sulolasi tarixi» (Xitoy)
ma'lumotlariga ko'ra, «Guyshuan xokimi Kloqzyuko qolgan to'rtta xokimlikni
birlashtirib o'zini Buyshuon xokimi» deb e'lon qildi.
Dostları ilə paylaş: |