O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü195,84 Kb.
#37077
1   2   3   4   5   6   7
kushonlar davlati (1)

kanallari  shular  jumlasidandir.  Vatanimiz  hududida  shaharsozlik,  me'morchilik, 

haykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy 

etgan.  Buni  ko'hna  Tuproqqal'a,  Ayritom,  Termiz,  Axsikent  shaharlari  o'rnida  olib 

borilgan  tarixiy  tadqiqotlar  ham  tasdiqlaydi.  Ayni  chog'da,  Kushonlar  davrida 

moddiy  va  ma'naviy  madaniyat  yonma-yon  tarzda  rivojlanib  borgan,  deb  xulosa 

chiqarishga to'laasoslarbor. 

Kushonlar  davri  madaniyatining  muhim,  katta  yutuqlaridan  biri  shundaki,  bunda 

turli qutb  va  mintaqada  yashagan xalqlarning  madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-

birlarini  to'ldirib,  boyitib  borgan.  Bu  esa  ularning  bir-birlari  bilan  turli-tuman 

sohalarda  yaqindan  hamkorlik,  hamjihatlik  qilishlariga  keng  yo'l  ochgan,  umumiy 

yuk-salishiga  turtki  bergan.  Masalan,  Hindistondan  O'rta  Osiyo  hududiga  Budda 

dinining  kirib  kelishi  va  yoyilishi,  o'lkaning  turli  joylarida  hashamatli  Budda 

ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - 

bular  ulug'  ajdodlarimiz  ma'naviy  hayotidagi  jiddiy  o'zgarishlardandir.  Ularning 

timsolida Hind va O'rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim 

omilni  ko'rish  mumkin.  Termiz,  Ayritom  va  boshqa  joylardan  topilgan  buddizmga 

oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak 

mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy 

va ma'naviy mada-niyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir. 




Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin