Tahlilning predmeti deganda korxonalarning xo’jalik faoliyatida
obyektiv va subyektiv omillar ta’sirlari ostida sodir bo’lgan
va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tushuniladi.
Korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyatlarida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida paydo bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tahlil predmetidir.
Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bo’lgan va bo’layotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bo’lib hisoblanadi.