Statistik kuzatish natijasida ko’p ma’lumotlar to’planadi, ammo ushbu ma’lumotlarning tarqoqligi, biror bir belgi bo’yicha tartibga solinmaganligi sababli sodir bo’lgan hodisalar to’g’risida xulosalar chiqarishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa bo’lib, olingan ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va ularni qayta ishlash hisoblanadi. Bu vazifa statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi (bajariladi). Bu bosqich – statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni svodkalash va guruhlash deb ataladi. Demak, statistik svodkalash va guruhlash deb nimalar tushuniladi?
Statistik svodkalash deb statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni reja asosida yig’ish usuli tushuniladi.
Statistik guruhlash deb statistik kuzatish natijasida to’plamgan (jamlangan) ma’lumotlarni muhim belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganish usuli tushuniladi.
Statistik tadqiqotning uchinchi bosqichi bo’lib, olingan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va imkoniyatlar to’g’risida xulosalar chiqarish hisoblanadi.