O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish



Yüklə 444,35 Kb.
səhifə24/130
tarix01.01.2022
ölçüsü444,35 Kb.
#50436
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama (1)

2.3. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish


Statistik kuzatish xatolari o’z navbatida ikkiga bo’linadi:

  1. Qayd qilish xatolari

  2. Reprezentativ xatolar

Qayd qilish xatolari o’z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi.

Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi? Tasodifiy xatolar deganda yozuvdan tushirib qoldirilgan,sanashda xatolikka yo’l qo’yilgan,kuzatuvchining charchashi natijasida yuzaga kelgan xatolar tushuniladi.

Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi? Muntazam xatolar deganda bila turib va bilmasdan turib yo’l qo’yilgan xatolar tushuniladi.

Reprezentativ xatolar deganda nima tushuniladi? Reprezentativ xatolar deganda bosh to’plam bilan tanlama to’plam orasidagi tafovut tushuniladi. Bu xato faqat tanlama to’plamga xosdir.

Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish quyidagi ikki xil usul bilan amalga oshiriladi :

1.Arifmetik tekshirish

2. Mantiqiy tekshirish



Arifmetik tekshirish deganda malumotlarni jami bo’yicha arifmetik hisoblash orqali,jadvallarning ustunlari va qatorlaridagi malumotlarni dastlabki hisob va buxgalteriya hisobi malumotlari bilan solishtirib tekshirish tushuniladi.

Mantiqiy tekshirish deganda o’zaro bog’liq bo’lgan u yoki bu malumotlarni haqiqiy malumotlar bilan, reja bilan solishtirib tekshirish tushuniladi
Nazorat savol va topshiriqlar:

1.Statistik kuzatish deganda nima tushiniladi?

2.Statistik kuzatish shakllarini tushintiring

3. Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi?

4. Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi?

5. Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish usullarini bayoni



Mustaqil ish topshiriqlari

Hodisalarni qayd qilish vaqti bo’yicha quyidagi statistik kuzatish turlarini fermer xo’jaligi misolida bayon qiling:

1.Joriy statistik kuzatish

2.Davriy statistik kuzatish

3.Bir yo’la kuzatish

Tavsiya etiladigan adabiyotlar :


  1. Abdullayev Yo. – Statistika nazariyasi.Darslik. T.: 2002.

  2. Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.

  3. Statistika. X.A. Shodiyev tahriri ostida. T.: “Ibn Sino”,2004.

  4. Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.




Yüklə 444,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin