5.1.Ijtimoiy hayotdagi bog,lanishlarning asosiy turlari va shakllari
Jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional va korrelyasion shaklda namoyon bo’ladi. Natijaning o’zgarishiga omillar ta’sirlarining yig’indisi to’liq mos kelishligini ifodalovchi bog’liqlik funksional bog’liqlik deb yuritiladi, agar mos kelmasa u korrelyasion bog’liqlik bo’lib hisoblanad
Funksional bog’liqlik har bir alohida sodir bo’lgan hodisa va jarayonda namoyon bo’ladi, korrelyasion bog’liqlik esa har bir sodir bo’lgan hodisada emas, balki u kuzatilayotgan ko’p sonli hodisaning o’rtacha ko’rsatkichida namoyon bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligini o’rganishda ko’p sonli hodisa va jarayonlarni qamrab olgan statistik to’plamdan foydalanib, korrelyasion tahlil usulini qo’llab tahlilni amalga oshirish kerak.
Korrelyasion tahlil usulining mohiyati shundan iboratki, natijaviy ko’rsatkich bilan omilli ko’rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog’liqlikni aniqlashdan iborat. Korrelyasion bog’liqlik bir omilli va ko’p omilli turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |