Yer davlat mulki– umummilliy boylikdir. U xalq hayoti, faoliyati va farovonligining asosi bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ham uni oqilona asrash va undan samarali foydalanish zarur. U davlat tomonidan muhofaza qilinadi, oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo’yilmaydi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi to’g’risida”gi 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlangan Qonunda o’z aksini topgan. Ushbu qonun yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqiylik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan yer munosabatlarini tartibga solishni mustahkamlash nuqtai nazaridan qabul qilingan. Ushbu kodeks 14 bob va 91 moddadan tashkil topgan. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar kodeksning 6-bobi tarkibidagi 43-58 moddalarda qayd qilingan.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning tarkibi 43-moddada, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni berish 46-moddada, tovar mahsulotini yetishtiruvchilarga yer uchastkalarini berish 47-moddada, fermer xo’jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berish 53-moddada, yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun yer berish 57-moddada, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerdan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari 48-moddada va shular kabi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa munosabatlar ham tegishli moddalarda aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: |